Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:29

Qirg‘izistonda bir guruh norozilar “15 ming ishchi o‘rni yaratiladigan” loyihani bekor qilishga erishdi


Otboshiliklar joriy yil boshidan norozilik mitinglarini o‘tkaza boshlagan edi.
Otboshiliklar joriy yil boshidan norozilik mitinglarini o‘tkaza boshlagan edi.

Qirg‘iziston hukumati 17 fevral kuni mahalliy aholining norozilik mitingidan so‘ng Otboshi tumanida logistika markazi barpo etish bo‘yicha Xitoy bilan imzolangan shartnomani bekor qildi.

Xitoylik investor qiymati 280 million dollarlik bu loyihani amalga oshirsa 15 mingta ish o‘rni yaratilishi aytilgan.

Biroq otboshiliklar logistika markazi quriladigan bo‘lsa, xitoyliklar oqimi ko‘payishidan tashvishlanib, joriy yil boshidan buyon norozilik mitinglarini o‘tkaza boshlagan edi.

“Norin” erkin iqtisodiy hududi rahbari Artur Bayterekovning bildirishicha, logistika markazini “Otboshi Qirg‘iz-Xitoy erkin savdo hududi” shirkati 200 gektar maydonda barpo etishi lozim edi. Shartnomaga asosan bu yer Xitoy shirkatiga 49 yilga ijaraga berilishi belgilangan.

“Shartnoma bekor qilingani ortidan investor sarflagan 43 million so‘m (taqriban 614 ming dollar)dan ortiq mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida hukumatga xat tayyorlayapmiz”, - dedi Artur Bayterekov.

Bosh vazir Muhammedqaliy Abilg‘aziyev parlamentning 5 fevral kungi majlisida “Otboshi tumani aholisi mazkur logistika majmuasining ochilishini xohlayotganini, faqat 20-30 kishigina bunga qarshi chiqayotgani”ni aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, investor bu loyiha uchun 280 million dollar sarflashi va 15 mingta ish o‘rni yaratishi rejalashtirilgan.

Biroq otboshiliklar logistika markazi quriladigan bo‘lsa, xitoyliklar oqimi ko‘payishidan tashvishlanib joriy yil boshidan norozilik mitinglarini o‘tkaza boshlagan edi.

Rasmiylarning bildirishicha, Xitoy bilan shartnomaning bekor qilinishiga 17 fevral kuni o‘tkazilgan so‘nggi mitingda bir necha ming odam ishtirok etgani turtki bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, mitingda 2 mingdan ortiq odam ishtirok etgan. Yig‘ilganlar hukumatdan markaz qurilishi bo‘yicha qarorni bekor qilishni talab qilgan.

Qurilishga qarshi bo‘layotganlar, logistika markazi uchun ijaraga berilgan yerlar yaylov ekanini aytib, keyinchalik bu joylar Xitoyga butunlay o‘tib ketadi degan havotirlarni bildirgan.

Hukumat 2000- yillar boshidan beri Otboshida savdo terminali qurilishini rejalashtirib, investor izlab keladi.

Iqtisodiy siyosat bo‘yicha ekspert Bozorboy Mambetov Xitoy bilan shartnomaning bekor qilinishi hukumatning irodasizligini namoyish qildi, deb hisoblaydi.

“Norozilar “kon boyliklarimizni xitoylar bosib oladi”, degan havotirlarni bildirishiayapti. Albatta, hukumat zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, norozilarni tartibga chaqirib qo‘ysa bo‘lar edi. Biroq bunga hukumatning irodasi yetmayapti”, - dedi ekspert.

XS
SM
MD
LG