Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:54

O‘zbek ayoli jinsiy tajovuzga uchragani to‘g‘risida shikoyat qilishdan qo‘rqadi


Hollivudning eng mashhur prodyuserlaridan biri Harvi Vaynshteynning Nyu-York sudining maslahatchilar hay’ati tomonidan jinsiy tajovuz¸ xususan¸ seksual agressiya va zo‘rlashda aybdor deb topilishi jinsiy tajovuz mavzuini yana kun tartibiga chiqardi.

O‘zbekiston prezidenti 2019 yilning 2 sentabrida imzolagan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda “jinsiy zo‘ravonlik” tushunchasiga aniqlama berilgan.

O‘sha aniqlama qonun tilidan odmi tilga o‘girilsa, quyidagi konkret tushunchalar hosil bo‘ladi:

xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish jinsiy zo‘ravonlikdir;

xotin-qizlarning jinsiy daxlsizligiga va jinsiy erkinligiga tajovuz jinsiy zo‘ravonlikdir;

xotin-qizlarga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish jinsiy zo‘ravonlikdir;

ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish jinsiy zo‘ravonlikdir;

xotin-qizlarni uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash jinsiy zo‘ravonlikdir.

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi 2019 yilning dekabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbir davomida mana bu ma’lumotlar aytilgan edi:

“Dunyodagi har uchinchi ayol hayoti davomida, ko‘pincha jinsiy sherigi tomonidan fiziologik yoki jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Dunyo bo‘yicha 650 million atrofidagi turmush qurgan ayollar va qizlar 18 yoshdan kichikdir. 2017 yil hisobiga ko‘ra, dunyodagi olamdan ko‘z yumgan har ikkinchi ayol o‘z partnyori yoki oila a’zolari sabab halok bo‘lgan”.

O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilingani bejiz emasligini Xotin-qizlar qo‘mitasining mana bu ma’lumotidan ham tushunish mumkin:

Mamlakat bo‘ylab 197 ta Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari mavjud.

Bu markazlarga 2019 yilning 1 noyabrigacha 8637 ayol murojaat qilgan. Ulardan 4849 nafariga psixologik, 3336 nafariga huquqiy, 2257 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Reabilitatsiya markazlariga murojaat qilgan 8637 ayoldan qanchasi jinsiy tajovuz qurboni bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot Xotin-qizlar qo‘mitasi hisobotida ochiqlanmagan.

Jinsiy tajovuz qurboni bo‘lgani to‘g‘risida shikoyat qilishga, psixologlar fikricha, hammaning ham kuchi yetavermaydi. Juda ko‘p holatlarda “yopiqlik qozon yopiqligigacha” qolib ketaveradi.

Shuning uchun bugungi suhbatdoshimiz, xotin-qizlar huquqlari himoyasi bilan faol shug‘ullanib kelayotgan bloger Fotima Jo‘rayeva “yordam so‘rab menga murojaat qilgan yuzlab ayolning birontasi ham jinsiy tajovuz qurboni bo‘lganidan shikoyat qilmagan” degan gapi deyarli taajjub uyg‘otmadi.

Suhbatni quyida tinglang:

Блогер Фотима Жўраева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:28 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG