Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:55

Mulozim ayol: Erim meni 24 yildan beri xo‘rlaydi (AUDIO)


Surxondaryo viloyat tumanlaridan birida rahbarlik lavozimida ishlaydigan 39 yashar ayol OzodMikrofonga murojaat qilib, erining zo‘ravonligidan shikoyat qildi.

Uning iddaosiga ko‘ra, eri uni 24 yil davomida muntazam kaltaklab va zo‘rlab kelgan.

Eri 20 kun oldin uni o‘lasi qilib urgach, 5 bolasini ham tashlab uydan chiqib ketganini aytgan mulozim ayol hozirda ish kabinetida yashayapti.

24 yil avval xolasining o‘g‘liga tekkan surxondaryolik 39 yashar mulozim ayol (Ozodlikka uning ism-familiyasi, qaerda va qanday lavozimda ishlashi ma’lum) erining zo‘ravonligidan shikoyat qildi:

- Erim o‘ta rashkchi. 24 yil davomida kaltak yeb kelayapman. Vahshiylarcha uradi, chidab bo‘lmaydi. Sochimdan tortib, u xonadan-bu xonaga sudraydi. Sochlarimni yulib tashlaydi. Ko‘proq mushtlab kallamga uradi. 5 marta operatsiya bo‘lganman. Shuni bilgan holda uradi.

Mulozim ayol iddaosiga ko‘ra, eri uni yillar davomida jinsiy zo‘rlab ham kelgan:

- Majburlab, zo‘rlab, urib qilgan paytlari ham bo‘lgan. Xo‘rlar edi. Vahshiylarcha qiliqlar qiladi. Menga yoqmaydi. Xo‘rlaydi... Urib tashlaydi, kiyimlarimni yirtib, dabdala qilib, urib, azob berib... chidab bo‘lmaydi... Qo‘l-oyog‘imni bog‘lab, ana shunday iflos qiliqlarni qilgan... Qochib ketganman. Oyimnikiga, singlimnikiga. Singlimnikida hamma narsani urib, sindirib, sochimdan burab, mashinaga tiqib olib ketgan.

Ayolning aytishicha, 20 kun avval eri uni o‘lasi qilib yana urgan:

- 20 kun avval uxlab yotgan yerimda sochimdan burab, turg‘azib olib, tepib ketdi. Kallamga ko‘proq tepdi. Hamma joyim ko‘karib ketgandi. Ikki kun o‘zimga kela ololmadim. Ishga inqillab kelib-ketdim.

Uning aytishicha, shundan keyin u 5 nafar bolasini ham tashlab, uydan chiqib ketgan.

- Oiladan voz kechdim. Jonimga tegdi. Ishxonada yotibman. O‘zimning kabinetimda yotaman. Yerda yotaman. Qorovullar ikkita ko‘rpacha bergan. Ustimga odyol berdi. Qorovullardan iltimos qildim, ular meni erimdan ham qo‘riqlaydi. Avval erim pichoq ko‘tarib, kelib, o‘ldirib ketaman deganini ko‘rishgan.

Mulozim ayolning aytishicha, u shu paytgacha erining ustidan biror joyga shikoyat qilmagan:

- Uyalaman borishga. O‘zimning lavozimimga ham, erimning ham lavozimiga to‘g‘ri kelmaydi.

Mulozim ayol bilan suhbatni quyida to‘liq tinglang. Ayolning ovozi o‘zgartirilgan.

Сурхондарëлик мулозим аëл билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:12 0:00
Бевосита линк


-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG