Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:31

“Ozod Yevropa/Ozodlik” radiosi qirg‘iz jurnalistiga tahdid qilganlarni javobgarlikka tortishni so‘radi


Emilbek Kimsanovning aytishicha, boshlig‘i undan qirg‘iz xizmati jurnalistining “tirigi yoki o‘ligi”ni Qirg‘izistonga olib kelishni buyurgan.
Emilbek Kimsanovning aytishicha, boshlig‘i undan qirg‘iz xizmati jurnalistining “tirigi yoki o‘ligi”ni Qirg‘izistonga olib kelishni buyurgan.

“Ozod Yevropa/Ozodlik” radiosi Qirg‘iziston hukumatini sobiq bojxona xodimining gaplari bo‘yicha tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmatining sobiq xodimi Emilbek Kimsanov sobiq rahbari Rayimbek Matraimov unga "Azattiq" — Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati jurnalistini "tirik yoki o‘lik holda" Qirg‘izistonga qaytarishni buyurganini iddao qilgan.

Kimsanovning bu iddaosi qayd etilgan videoni 10 aprel kuni rafiqasi Mariya Zavorotnyaya Facebookda e’lon qildi.

Kimsanovning videoda iddao qilishicha, Qirg‘iziston davlat bojxona agentligi sobiq o‘rinbosari Raimbek Matraimov o‘ziga Pragaga “Ozodlik” radiosi jurnalisti Ali To‘ktoxunovning kontakt ma’lumotlarini yuborib, uning “tirigi yoki o‘ligi”ni olib kelishni buyurgan.

Kimsanov telefonidagi To‘ktoxunovga oid ma’lumot bor skrinshotni ko‘rsatgandi.

“Ozod Yevropa/Ozodlik” radiosi prezidenti Jeymi Flay jurnalistlariga qarshi har qanday tahdidni jiddiy qabul qilishini aytdi:

– Raimbek Matraimov va safdoshlarining surishtiruv reportajlarimizga javoban “Azattiq” jurnalistlariga qarshi davom etayotgan tuhmatdan iborat hujumlari va do‘q-po‘pisalarini qoralaymiz. Men Qirg‘iziston hokimiyat idoralarini ushbu muammoga jiddiy qarashga va aybdorlarni xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortishga chaqiraman”, - dedi Jeymi Flay.

Videoni izohlash uchun Matraimovni topib bo‘lmadi.
Uning ukasi, qirg‘iz deputati Iskender Matraimov “Ozodlik” radiosiga
videodagi iddaolarni rad etdi.

‒ Kimsanov nafaqat Xudoning, qolaversa, qonun oldida ham javob beradi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar videoni tekshirib ko‘rsin. Men odamlarni faqat bir kishining da’volariga ishonmaslikka chaqiraman, - dedi Matraimov.

To‘ktoxunov “Ozodlik” radiosining qirg‘iz xizmati, Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida xabar berish loyihasi (OCCRP) va Qirg‘izistonning Kloop xabarlar sayti birga qo‘shma surishtiruv ishtirokchisi bo‘lgan edi.

O‘sha surishtiruv natijalari e’lon qilingan va Matraimov ham ishtirok etgan surishtiruv maqolada Xitoy vatandoshi, 37 yashar uyg‘ur Ayerken Saymaiti 100 millionlab dollar mablag‘ni Qirg‘izistondan qanday olib chiqib ketgani haqida hikoya qilinadi.

Saymaiti Istanbulda o‘ldirib ketilishidan oldin Qirg‘iziston bojxona agentligi rahbarlaridan biri Matraimov noqonuniy yo‘llar bilan millionlab dollar mablag‘ orttirganini, hatto o‘zi ham 2016 yilda uning hisob raqamiga 200 ming dollar ko‘chirib berganini aytgan edi. U Matraimovning oilasiga boshqa pul ko‘chirib bergani xususidagi ichki hujjatlarni jurnalistlarga bergan.

To‘ktoxunovga surishtiruvi bilan bog‘liq tarzda Matraimov va oilasidan tahdidlar bo‘lgan. Aniqlanishicha, so‘nggi 10 oy ichida kamida 12 kishi Matraimov bilan oilasini tanqid qilgani yoki ularning qilmishlari haqida xabar bergani uchun tahdidga uchragan.

Kimsanov fevralda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olinib, Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilindi. Unga 2018 yilda ichki ishlar vaziri Mo‘ldomusa Kongantiyevning o‘g‘lini urganlik aybi qo‘yilmoqda.

31 martda Kimsanov buyruq bilan uy qamog‘idan tergov izolyatoriga o‘tkazildi.

Zavorotnyaya 8 apreldagi prezident Sooronbay Jeenbekovga videomurojaatida erini himoya qilishni iltimos qildi. Lekin murojaatga Jeenbekovning devoni javob qaytarmadi.

Emilbek Kimsanovning advokati Nazgul Suyunbayeva 8 aprelda u uy qamog‘idan tergov izolyatoriga o‘kazilishidan oldin noma’lum qishilar “seni panjara ortiga tiqamiz, seni qamoqxona kutyapti”, deb tahdid qilganini aytdi.

Suyunbayeva qamoqxona ma’muriyatidan Kimsanovga nisbatan tahdidlarni o‘rganib chiqishni so‘radi.

XS
SM
MD
LG