Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:43

Mardikor ayol: Kunda topganimizni kunda yerdik. Endi nima qilamiz?


Toshkent. Xotin-qizlar mardikor bozori. (Ozodlik arxividan)
Toshkent. Xotin-qizlar mardikor bozori. (Ozodlik arxividan)

Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tumanidagi Tinchlik MFYda ijarada yashovchi yolg‘iz ona Jamila Mashrapovaning OzodMikrofonga arz qilishicha, kunlik ishlab ro‘zg‘or tebratadigan oilalarga karantin sharoitida yashash juda og‘ir bo‘lib qoldi.

“Кунлик даромад топаётганлар карантинда қийналиб қолди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:26 0:00
Бевосита линк


“Farg‘onadan opam va uning qizi bilan birga kelganmiz. Qorasuvda ijarada yashaymiz. Har kuni Toshkentda mardikorchilik qilib, odamlarning uylarini tozalab, ishlab yurardik. Topganimiz kunlikka yetar, bir-ikki so‘m orttirsak uyga yuborardik. Karantin bo‘lib, biz juda qiyin ahvolga tushib qoldik. Melisalar Toshkentga o‘tkazmayapti. Cho‘ntakda bir so‘m pul yo‘q. Endi biz nima qilaylik. Xayriyat, mahalladan ikki kilodan kartoshka, piyoz, un, shakar, guruch, bir litr yog‘, bir kilo isiriq olib kelib berdi. Lekin qo‘ldan berganga qush to‘ymas, bu tugasa nima qilamiz? O‘zimizni o‘zimiz amallab yashab kelganmiz, shu paytgacha. 1197ga telefon qilib aytgan edim, yozib olishgandi, lekin natija yo‘q”.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG