Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:21

Ashxobodda shou-biznesning o‘nga yaqin taniqli vakili geylikda gumonlanib qamoqqa olindi


Turkmanistondagi qamoqxonalardan biri.
Turkmanistondagi qamoqxonalardan biri.

Ozodlik radiosi turkman xizmatining 16 aprelda turkmen.news nashriga tayangan holda xabar berishicha, mart oyining ikkinchi yarmida Turkmanistondagi mashhur shoumen, artist va boshlovchi G.S., geylikda gumonlanib qamoqqa olingan. Bu ma’lumotni bir-biridan mustaqil bo‘lgan bir qator manbalar tasdiqladi.

G. S., bilan birgalikda yana o‘nga yaqin odam, jumladan, uning yigiti ham hibs qilingan. Habarda aytilishicha, hibs qilinganlardan ayrimlari pora berib qamoqdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

S.G., va yana bir necha yosh yigitlarga nisbatan tergov davom etmoqda. Xabarda ularga nisbatan sud jarayoni yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi ham aytildi. Ular Turkmaniston Jinoyat kodeksining 135-moddasi (gomoseksualizm) asosida ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Qo‘lga olingan o‘nga yaqin odam orasida S.G.,dan tashqari Turkmaniston shou-biznesi va model industriyasining mashhur vakillari borligi ham aytildi. Turkmen.news nashri ularnigg ism-shariflari tahririyatga ma’lum ekanini, biroq ahloq tamoyllaridan kelib chiqilgan holda, tahririyat ularning ismlarini sir saqlayotganini ham bildirdi.

Xabarda aytilishicha, qo‘lga olinganlarning advokatlari bor, biroq advokatlarni bu ish yuzasidan ularni himoya qilishga ko‘ndirish oson kechmagan.

Turkmanistonda advokatlar geylikda ayblanib qo‘lga olinganlarni himoya qilishga xohish bildirmaydilar. Advokatlarga ko‘ra, bu hech qanday ijobiy natija bermaydigan mehnat hisoblanadi. Ikkinchidan, advokatlar hamkasblari ularni qoralashlaridan qo‘rqadilar.

2019 yilning oktabr va noyabr oylarida yosh turkman vrachi Qosimberdi Garayevning geylikda ayblanib bosimga olingani shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. U Ozodlik radiosi turkman xizmatiga ismi sir qolishi sharti bilan Turkmanistondagi geylar hayoti to‘g‘risida intervyu bergan edi.

Oradan bir necha kun o‘tgach, Garayev yo‘qolib qolgan edi. Ozodlik radiosi esa Garayev qo‘qisdan yo‘qolib qolsa jamoatchilikka e’lon qilishni so‘ragan videoni e’lon qilgandi.

Shundan so‘ng Ozodlik radiosi turkman xizmati jurnalistlari va turkmen.news nashri Garayev sog‘-salomat ekanligini, lekin uning qarindoshlari unga bosim o‘tkazib, internetda muloqot qilishini taqiqlab qo‘yganlarini aniqlagan. Hozirgi kunda Garayevning taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Turkmaniston hukumati xalqaro hamjamiyatning gomoseksualizmni jinoyatlar ro‘yxatidan chiqarish talabini rad etib keladi. 2017 yilning mart oyida bu masala BMTning Inson huquqlari qo‘mitasida muhokama qilingan. O‘shanda Turkmaniston prezidenti ma’muriyati huzuridagi Inson huquqlari va demokratiya instituti rasmiysi Shemshet Atajanova Turkmanistonda gomoseksualizmni jinoyatlar ro‘yxatidan chiqarish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasligini aytgan.

XS
SM
MD
LG