Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:37

Moskvada qirg‘iz bolakayni urgan shaxs Qirg‘iziston so‘rovi bilan qamoqqa olindi


Rossiyada mehnat muhojirligida yurgan qirg‘iz fuqarosi o‘z bolasini kaltaklagani uchun Moskva shahar sudi qarori bilan ikki oyga qamaldi. Bu haqda 21 aprel kuni Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining Jinoiy qidiruv bo‘limiga bolasini kaltaklagan qirg‘izistonlikni jinoiy javobgarlikka tortish iltimosi bilan rasman murojaat qilgan.

Moskva shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining Jinoiy qidiruv bo‘limi Kunsevo tumanida yashovchi qirg‘izistonlik bolasini kaltaklaganini aniqlab, bu fakt yuzasidan jinoyat ishi ochdi.

Rossiya qonunchiligiga asosan Qirg‘iziston fuqarosiga Jinoyat kodeksining “Kaltaklash va qiynoq qo‘llash”, “Farzandini tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmasik” moddalari asosida ayblov bildirdi.

17 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarning Qirg‘iziston kontentida ko‘rinishidan boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bo‘lgan bolakay katta yoshdagi barzangi erkak tomonidan kaltaklanayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

Mazkur video qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan va ijtimoy tarmoq foydalanuvchilari huquq-tartibot tuzilmalaridan bu shaxsni topib, jinoiy javobgarlikka tortishni talab qilgan edilar.

Shundan so‘ng Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi bolakayni kaltaklagan odamning shaxsi aniqlanganini e’lon qilgan. Vazirlik bayonotida aytilishicha, bolani urgan kishi Jalolobod viloyatining Olabuqa tumanida yashagan. Uning yoshi 35 da. U oilasi bilan 2019 yilning kuzida Rossiyaga ishlashga ketgan.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi dastlabki surishtiruv ishlari davomida bolakayni kaltaklagan shaxsning Rossiyadagi yashash manzili va kimligi aniqlanganini ham bildirgan. Xabarlarda aytilishicha, bolani ayovsiz kaltaklagan shaxs o‘sha bolaning otasidir.

Hozircha bolani kaltaklagan shaxs va uning advokatlari voqea yuzasidan izoh bermadilar.

Amimo ijtimoiy tarmoqlarda bola kaltaklanayotgani to‘g‘risidagi video tarqab ketganidan so‘ng, bolaning otasi va onasi ijtimoiy tarmoqlarda video orqali o‘g‘lidan va jamoatchilikdan kechirim so‘ragan edi. Hozirgacha bolaning kaltaklanayotgani videosini kim tasvirga tushirgani va ijtimoiy tarmoqda tarqatgani noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning asosiy qismi bolani kaltaklagan shaxsning qamoqqa olinganini qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Bolalarning ham huquqi bor. Otasiman, onasiman deb bolasini kaltaklaydigan odamlarga bu bir saboq bo‘lsin”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Gaz taxallusli bloger esa : “Bilib qo‘yinglar, kim bolasini kaltaklasa, mana shunday jazoga muqarrar bo‘ladi. Bu boshqa zulmkor ota-onalarga saboq bo‘lishi lozim. Farzandingizni urmay tarbyailang”, deb yozdi.

Tarmoqning boshqa bir foydalanuvchisi esa: “Bola aytganingni qilmasa, gapingga kirmasa nima qilish kerak? Otasi mana bu ishni qil deganiga qaramay, bolasi otasining gapiga kirmayapti, otasi kaltaklasa ham, o‘jarlik qilib, gapiga kirmayapti. Bizni otamiz bir shapaloq urganda, boshimizni ko‘tara olmay, otamizning chizgan chizig‘idan chiqmay qolar edik. Mana endi bolaning otasi qamaldi. Endi, uni qamalishiga hissa qo‘shgan umniklar, borib bolaga otalik qilinglar”, deb yozdi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganada, 2018 yilda oiladagi zo‘ravonlik oqibatida Qirg‘izistonda 18 o‘smir halok bo‘lgan, 150 nafar bola zo‘ravonlikdan jabrlangan.

XS
SM
MD
LG