Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:05

Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi. Xarbin shahriga kirish-chiqish yopildi


Xarbin shahri Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini markaziga aylandi.
Xarbin shahri Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini markaziga aylandi.

Xitoyda COVID-19 oqibatida Xarbin shahriga boshqa shaharlardan kelgan odamlarning kirishi taqiqlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bundan tashqari Xarbinda yashovchi aholi ko‘chaga chiqish uchun koronavirus yuqtirmagani to‘g‘risidagi QR-kodga ega bo‘lishi lozim. Ko‘chada niqob kiyib yurish majburiydir.

Agentliklarning yozishicha, 10 million aholi yashaydigan Xarbin shahri Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini markaziga aylandi. Xitoy hukumati aprel oyining boshlarida Uxanda koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘linganini bildirib, shaharga kirish-chiqish yo‘llarini ochgandi.

Bugungi kungacha Xitoyda 83 ming odam koronavirusga chalindi, 4600dan ortiq bemor o‘ldi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi yakunlanishiga hali uzoq vaqt kerakligini bildirdi. Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreisusning aytishicha, G‘arbiy Yevropada koronavirus vaziyati yaxshilanayotgan bir paytda, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikada, shuningdek, Sharqiy Yevropada koronavirus avjiga chiqayotgani kuzatilmoqda.

“Virus tahdidi haligacha kuchli bo‘lib qolmoqda. Kasallikning yangi to‘lqini istalgan paytda boshlanishi mumkin”, deb bildirdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari.

23 aprel tongida berilgan ma’lumotlarda qayd etiliishcha, shu kungacha dunyoda 2 million 600 mingdan ko‘proq odam koronavirusga chalingan. Bemorlardan 183 ming nafari vafot etgan.

Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh jahonda birinchilikni egallab turibdi. Bu yerda 842 mingdan ko‘proq odamga virus yuqqan. Deyarli 45 mingga yaqin odam o‘lgan.

Bir necha kun oldin Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmitt AQSh nomidan sudga Xitoyga qarshi da’vo arizasi kiritgani xabar qilingan edi.

Bosh prokuror Pekinni yangi koronavirus to‘g‘risidagi ma’lumotni yashirganlikda, buning ortidan o‘z shtati aholisiga zarar keltirganlikda ayblamoqda.

Da’vo arizasida oldini olish mumkin bo‘lgan pandemiyaning yuzaga kelishida aynan Xitoy aybdor ekani urg‘ulanadi.

Avvalroq prezident Donald Tramp koronavirus infeksiyasi tarqalishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti “boshqaruvda muvaffaqiyatsizliklar”ga yo‘l qo‘yganini aytib, AQSh tashkilotni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatishini bildirgandi. Trampga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyga ortiqcha ishonib ketib, pandemiyani avval-boshdayoq to‘xtatib qolish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan. Keyinroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu iddaolarni rad etgan.

XS
SM
MD
LG