Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:23

Islomshunos: Musulmonlar hukumatning karantin talablariga to‘liq bo‘ysunishi kerak


O‘zbekistonlik taniqli islomshunos, navoiyshunos olim Sayfiddin Rafitdinov bu yilgi Ramazon paytida o‘zbekistonliklar hukumatning karantin talablariga to‘liq bo‘ysunishi lozim, deb ta’kidladi.

Ayni paytda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy xodimi bo‘lgan olim Musulmonlar idorasi tarqatgan "koronavirusdan vafot etgan kishi shahid maqomida bo‘ladi" deyilgan fatvoga ham munosabat bildirdi.

OzodNazar rukni uchun suhbatda Sayfiddin Rafitdinov COVID-19 pandemiyasi va buning bilan bog‘liq butun dunyoda kuzatilayotgan jarayon insoniyat boshiga kelgan yangi hodisa ekani va shu bois, nafaqat din, balki boshqa sohalarda olinayotgan qarorlar ham odamlarda savollar tug‘ilayotganini alohida e’tirof etdi:

- Butun dunyo bo‘ylab ko‘ryapmiz, qanaqa xavfli oqibatlari borligini. Shu bois karantinga amal qilishmiz kerak. Bu yil Ramazon oyi ham karantinga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ri, karantin paytida qiyinchilik bo‘lishi mumkin, ammo karantinga amal qilishimiz kerak, sabr qilishimiz kerak. Bu boradagi hukumatning qat’iy talabiga bo‘ysunishimiz kerak, - deydi Rafiddinov.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy veb portali 23 aprel kuni Al-Azhar xalqaro elektron fatvo markazining koronavirusga oid fatvolarini e’lon qildi.

Fatvoda aytilishicha, koronavirusdan vafot etgan kishi shahid maqomida bo‘ladi. Fatvoda bugungi pandemiya holati - islomiy manbalarda keltirilgan vabo holatiga qiyoslangan.

O‘zbekistonda esa COVID-19 infeksiyasining tarqalishi rasman epidemiya holatiga yetmagani, 34 million aholiga 2 mingga yaqin bemor nisbati bunga asos bermasligi rasman aytilgan.

Islomshunos olim aslida bugungi pandemiyaning zarari tarixda insoniyat bir necha bor boshidan kechirgan vabo zararidan kam emas, deb hisoblashini aytadi.

- Bu fatvo dunyoda pandemiya e’lon qilingan ilk kundan beri mavjud. Chunki bu virus o‘ta yuqumli. Odamlarda tarqalish sur’ati kam bo‘lgani bilan, erta-indin uning keng yoyilib ketmasligiga kafolat yo‘q. Islom dinida aniq buyurilgan - vabo tarqalgan hududga kirmaslik va chiqmaslik haqida. Shu bois hukumatning karantin bo‘yicha talabalarida musulmonlar uchun hech bir ixtilof yo‘q, deb bilaman, deydi islomshunos olim.

Ayni paytda u tomorqa siyosati va bundagi qattiqqo‘llikni ham quvvatlashi, faqat bunda tomorqachilar ham o‘z haqlarini yaxshi o‘rganib, hokimiyat idoralaridan talab qilishni bilishi lozim, deb hisoblashini aytdi.

Quyida islomshunos va navoiyshunos olim bilan Ramazon arafasida qilingan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:44 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG