Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:31

Neft narxlari tushib ketishi Qozog‘iston va Turkmanistonga yana bir zarba bo‘ldi


OPEK+ ning hal qiluvchi uchrashuvi 8 martda Saudiya Arabistoni bilan Rossiya o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar sabab to‘xtatilgach, neft narxi keskin tushib ketdi.
OPEK+ ning hal qiluvchi uchrashuvi 8 martda Saudiya Arabistoni bilan Rossiya o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar sabab to‘xtatilgach, neft narxi keskin tushib ketdi.

OPEK+ ning hal qiluvchi uchrashuvi 8 martda Saudiya Arabistoni bilan Rossiya o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar sabab to‘xtatilgach, neft narxi keskin tushib ketdi.

Daromadi neft eksportiga qarab qolgan boshqa mamlakatlarning shundan keyingi kunlarda neft narxi pasayib borayotganini kuzatib turishdan boshqa chorasi yo‘q edi.

Nihoyat, mart oyi oxirida narxlar barqarorlashdi, biroq ular bir necha hafta oldingilaridan ancha past edi.

Butun dunyodagi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq izolyatsiya va iqtisodiy faoliyatning qisqarishi neftga talabni keskin pasaytirib yubordi hamda uning zaxiralari ortib ketishiga olib keldi.

Neft taklifining ko‘pligi barobarida mijozlarning kamayib ketishi, uni saqlash omborlari to‘lib-toshib ketgani 20 aprelda narxlar yana pasayishiga sabab bo‘ldi.

O‘sha kuni G‘arbiy Texas o‘rta nefti (West Texas Intermediary –
WTI) bahosi 0 dollardan ham pastga quladi va ortidan Brent Crude va Urals neft navlari narxlarini ham ortidan tortib ketdi. Ekspertlar neft bahosi bir necha oy davomida past bo‘lib qolishini bashorat qilmoqda.

Kaspiy dengizining sharq tarafidagi Qozog‘iston va Turkmaniston
hukumatlari – ayniqsa, Ashxobod – nima qilarini bilmay qoldi.
Vaziyat 1998 yilgisi bilan solishtirilmoqda, biroq o‘sha payt bir barrel neft narxi 20 dollargacha tushgan edi.

Aslida hozirgi vaziyat Turkmaniston uchun so‘nggi 5 yildagi falokatlarning so‘nggisi, xolos.

Hukumat iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshkor qilishni istamasa
ham, tabiiy gaz uning asosiy eksport tovari va jami daromadining 70 – 80 foizini tashkil qilishini bemalol aytish mumkin. Shunisi ham borki, tabiiy gaz narxi neft bahosiga bog‘lanib qolgan.

1998 yili Rossiya bilan tabiiy gaz eksporti baholari yuzasidan muzokaralarda Turkmaniston hukumati qiyin ahvolga tushib qolgan edi.

O‘sha vaqtdagi prezident Saparmurod Niyozov 1000 kubometr gazga 40 dollar so‘ragan bo‘lsa, Rossiya tomoni 32 dollarlik bahoda qat’iy turib oldi.

Oqibatda 20 yil mobaynida Rossiya Turkmanistondan gaz sotib olmay qo‘ydi.

Nihoyat, 2019 yilda “Gazprom” Ashxoboddan bir 1000 kubometr uchun 110
dollardan to‘lab, 5,5 milliard kubometr gaz sotib olish bo‘ycha bitim imzoladi.

Xitoy Turkmanistondan yiliga 35 milliard kubometr gaz sotib olmoqda.

Xabar qilinishicha, 2016 yilda Xitoy Turkmanistonda har 1000 kubometr tabiiy gazni 189 dollardan sotib olgan. Ammo 2017 yildan boshlab bu narx pasaytirilgani haqida taxminlar bor.

Turkmaniston gazining 2 ta iste’molchisi – Rossiya bilan Xitoy yaqin kunlarda mavjud vaziyatdan kelib chiqib, uning narxini yanada pasaytirishni talab qilishi tayin.

Bir paytlar 1000 kubometr uchun 110 dollar “juda past narx” hisoblangan bo‘lsa, bugun 30-40 dollar ham binoyi bo‘lib qolmoqda.
Masalaning yana bir jihati bor.

Xitoyga sotilayotgan turkman gazi narxining asosiy qismi gaz quvuri qurilishi va gaz konlarini ochish bilan bog‘liq harajatlarni qoplashga sarflanmoqda. Endi olingan qarzlarni yopish uchun 4 barobar ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.

Eurasianet nashri hisobotida aytilishicha, Rossiya va Qozog‘iston neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xarajatlarini kamaytirish yo‘lidan bormoqda.

Ozarbayjon esa milliy valyutasi himoya qilish uchun milliardlab dollar mablag‘ sarflamoqda.

Ashxobod 2015 yildan beri milliy valyuta – manatning AQSh dollariga
nisbatan rasmiy almashuv kursini pasaytirgani yo‘q.

Turkmanistonning manatni himoya qilish uchun millardlab puli yo‘q, biroq hukumat necha yillardan beri uning qadrini pasaytirishga oid takliflarni rad etib kelmoqda.

Qozog‘istonda esa mart boshlarida neft narxlari tushib ketishiga mutanosib ravishda tengening qiymati 15 foiz pasaydi.

Ayni choqda Turkmaniston mamlakatda koronavirus yuqtirganlar yo‘q deb iddao qilmoqda. Bir viloyatdan ikkinchisiga borish uchun cheklovlar mavjud bo‘lsa-da, aholi shaharlar ichida bemalol yurishi mumkin.

Qozog‘istonda 23 aprel holatiga ko‘ra, 2250 ta COVID-19 yuqtirganlik va 20 ta o‘lim holati qayd etildi. Yirik shaharlarda karantin joriy qilingan va u yerlarda aholi izolyatsiyada o‘tiribdi.

Bunday tadbirlar Qozog‘iston iqtisodiyotiga katta ziyon keltirmoqda.
Hukumat ku kunlarda og‘ir iqtisodiy sharoitda qiynalib qolgan ehtiyojmand kishilarga 42 500 tengedan (95 dollarcha) pul berdi.

Qozog‘iston Milliy banki raisi Aliya Mo‘ldabekova 8 aprelda Milliy fondda 57,5 milliard dollar pul borligini, bu qozog‘istonliklarga ma’lum muddat kifoya qilishi, ammo tengening narxi yana tushib ketaveradigan bo‘lsa,
ijtimoiy tanglikni keltirib chiqarishi mumkinligini aytgan edi.

Agar joriy yilda neft narxi 20-30 dollar bo‘lib qolsa, izolyatsiya bekor bo‘lib, yirik sanoat korxonalari ishga tushib ketgan taqdirda ham jiddiy iqtisodiy muammolar saqlanib qolaveradi.

Qozog‘istonning yana g‘alla eksport qilish imkoniyati bor. Lekin shunga qaramay, 2020 yilning qolgan oylari Qozog‘iston uchun ham, Turkmaniston uchun ham og‘ir bo‘lishi shubhasiz.

XS
SM
MD
LG