Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:04

"Sardoba ichki inshoot bo‘lgani uchun uni qurishda qo‘shni bilan kelishishga hojat yo‘q edi"


Saparboy Jubayev.
Saparboy Jubayev.

“Ushbu suv omborini qurishda biz bilan kelishilmagan. Biz O‘zbekiston tomoniga bu borada bir necha bor bildirganmiz, lekin bu haqda faqat mavhum ma’lumotlarni oldik. Bugun biz nota tayyorladik, u Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi, unda bizning transchegaraviy suvlarimizda Sirdaryo havzasida qurilgan barcha ob’yektlarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etish so‘ralgan”.

Bu bayonotni Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Sergey Gromov “Sardoba suv ombori Qozog‘iston bilan kelishmasdan qurilgani” to‘g‘risida gapirayotib aytgani to‘g‘risida Tengrinews.kz xabar qildi.

Qozog‘iston tomonining hisob-kitobicha, Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida jami 276 kvadrat kilometr maydonni suv bosgan, bundan 76 kvadrat kilometri Qozog‘istonda joylashgan.

Turkiston viloyati Maxtaaral tumanidagi 14 ta qishloqdan jami 31606 aholi evakuatsiya qilingan. Toshqin oqibatida 845 uy vayron bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, toshqindan Qozog‘iston 404 million tenge (taxmin 950 ming AQSh dollari) zarar ko‘rgan.

Bu xabardan paydo bo‘lgan savollarni o‘zbekistonlik iqtisodchi olim, ayni paytda Qozog‘istonda yashayotgan Saparboy Jubayevga berdik.

Suhbat davomida Yalpi ichki mahsulot bilan Yakuniy iste’mol harajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida ham so‘z bo‘ladi.

“Сардоба – ички иншоот ва уни қуришда қўшни билан келишишга ҳожат йўқ эди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:51 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG