Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:20

“Andijon fojiasi kunlari 15 yoshda edim. Maydonga tomoshaga chiqqan ko‘p odam bekordan-bekor o‘lib ketdi”


Andijon shahridagi 2005 yilgi qonli voqealarning guvohi bo‘lgan 15 yoshli bola hozir 30 yashar yigit bo‘ldi.

Ismini sir saqlayotganimiz bu yigit 15 yil yil oldin Bobur maydonida bo‘lgan voqealarni, jumladan, hukumat askarlari qurolsiz odamlarni o‘qqa tutganini eslab, bunday dedi:

“Biz, uch o‘rtoq, hali yosh bolamiz, qiziqib, nima bo‘lyapti ekan deb tomoshaga borganmiz. Bir oq ko‘ylakli odam, maydonda gaz yo‘q, svet yo‘q, ish yo‘q, pensiya oz deb gapirganini eshitdik. Ko‘pchilik Karimov keladi, dardimizni eshitadi, deb chiqqan. Vertolyotni ko‘rganimizda odamlar, ana, Karimov kelyapti, deb ishonishgan. Lekin, harbiylar hammani bir chetdan otib tashladi. Yaxshiyam, biz sal ertaroq maydondan chiqib ketgan ekanmiz. Bo‘lmasa, bizni ham otib tashlardi”.

Voqea guvohi bilan to‘liq suhbatni quyida tinglang:

Андижонлик йигит: Майдонга томошага чиққан кўп одамлар бекордан-бекор ўлиб кетди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:40 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG