Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:32

OzodSuhbat: "Sport"jurnalistlari ish joyiga qayta tiklansin, biroq...”


Jurnalist Dadaxon Yoqubov
Jurnalist Dadaxon Yoqubov

“Sport” telekanali jurnalistlari Bobur Akmalov va Jamoliddin Bobojonovlarning “Oriat Dono” radiosidagi tanqidiy chiqishi uchun ishdan bo‘shatilishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda boshlanib ketgan bahsga taniqli jurnalist Dadaxon Yoqubov ham qo‘shildi.

Dadaxon Yoqubov 1980- yillar oxiri, 90- yillar boshida “Hayot quvonchlari va tashvishlari” ko‘rsatuvi orqali televideniyeda xalq tashvishlari haqida birinchilardan bo‘lib gapirib, O‘zbekistondagina emas, butun Markaziy Osiyoda tanilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikrini Dadaxon Yoqubov ikki hamkasbini o‘z ishiga qayta tiklash kerak degan fikr bilan boshlasa ham, ketidan ularni “bir oy milliy qadriyat va ahloqdan dars olib, o‘zlarini bir o‘qitib, keyin ishga tushsalar yaxshi bo‘ladi”deb davom ettirdi.

Dadaxon Yoqubov qo‘shilgan bahsda u bir tomonda, ko‘pchilik jurnalistlar tomonida turdi.

Xalqning tashvishini gapirib tanilgan jurnalist nega shu ishni qilmoqchi bo‘lgan yosh hamkasblarini tanqid qilmoqda?

Shu savol javobiga qiziqib, Dadaxon akani OzodSuhbatga taklif qildik:

“Sport“ журналистлари иш жойига қайта тиклансин, бироқ...”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:32 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG