Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:56

OzodSuhbat: Farg‘ona hokimligi matbuot kotibi So‘x janjali bo‘yicha savollarga javob berdi


Muhammadjon Obidov, Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari.
Muhammadjon Obidov, Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari.

31 may kuni So‘x eksklavida jarohat olgan va o‘qdan yaralanganlarning ahvoli yaxshimi? Eksklavdagi vaziyat qanday? Ikki davlat hukumat rahbarlari uchrashuvi qanday natija bilan yakunlandi? So‘xliklarni suyuntiradigan qanday yangilik bor? Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevni olomon toshbo‘ron qildi, degan gaplar qanchalik asosli? Abdulla Aripovning so‘xliklar bilan uchrashuvi chog‘ida “G‘aniyev ketsin!” degan hayqiriqlar yangraganini qanday izohlaysiz?

Ozodlikning shu va boshqa bir qator savollarga Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari, jurnalist Muhammadjon Obidov javob berdi.

Ovozi viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevniki, deb iddao qilinayotgan video va audio suhbat yozib olinganidan so‘ng paydo bo‘ldi va shu sababli ular yuzasidan Muhammadjon Obidovga savol berilmadi.

Muhammadjon Obidov bilan suhbatni efirga tayyorlash jarayonida uning bayonotlarida ba’zi noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi:

Obidovning aytishicha, 31 may kungi janjal davomida qirg‘iz tomoni 15 fuqarosi jabrlanganini aytgan. Biroq Azattiq radiosining xabar qilishicha, jabrlanganlar soni 25 dir.

Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot kotibi Muhammadjon Obidov bugungi suhbat davomida kaltaklangan havorang ko‘ylakdagi mulozim Shuhrat G‘aniyev ekani haqidagi iddaolarni rad etdi.

Suhbatda Obidov: ​"Shuhrat G‘aniyev toshbo‘ron qilinmadi. U kishi ham olomon ichida yurdi, odamlarni tinchlantirishga urindi. Ammo toshbo‘ron qilingan odam Shuhrat G‘aniyev emas", dedi.

Uning aytishicha, toshbo‘ron qilingan mulozim 31 may kuni So‘x tumaniga borgan sobiq hokim Tavakkal Rahimovdir.

"U oxirgi hokimdan avvalgi hokim edi, Tavakkaljon, degan yigit. U qaysi sababdan So‘xga borib qolganini men bilmayman. Lekin, shu odam boshiga tosh tegib, o‘sha odamlarni tinchitmoqchi bo‘lganda, odamlarni chegaradan uzoqroqqa siljitmoqchi bo‘lganda, Qirg‘iziston tomonidan kelib tushgan tosh boshiga tegdi. Shuning uchun uni qurshab olishdi. Ozgina tibbiy yordam oldi, hozir ahvoli yaxshi", dedi Obidov.

Biroq 31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda So‘xdagi olomon tomonidan viloyat hokimi toshbo‘ron qilingani aytilgan ko‘plab videolar tarqaldi.

Videolarda harbiylar qurshovidagi basavlat mulozimni odamlar toshbo‘ron qilayotgani aks etgan. Toshbo‘ronga guvohlar yuziga niqob taqib olgan va yonidagi harbiylar qurshovida olomon orasidan chiqishga harakat qilgan mulozimning Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev ekanini iddao qilmoqda.

Videodan bino yoniga yig‘ilgan yuzlab odam, So‘x tuman xalqini qiynayotgan yo‘l, suv va yopiq turgan chegara muammosi yillardan buyon yechilmayotgani uchun ayblab, mulozimni toshbo‘ron qilgani tushuniladi.

Quyida Muhammadjon Obidov bilan suhbatni tinglang:

OzodSuhbat: Фарғона ҳокимлиги матбуот котиби Сўх жанжали бўйича саволларга жавоб берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:26:19 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG