Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:48

O‘zbekiston Qirg‘izistonning ikki talabini bajardi, Qirg‘iziston O‘zbekiston qo‘ygan talablar ustida bosh qotirmoqda


1 iyun kuni Botken viloyatidagi “Chechme” o‘tkazish punktida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Qubatbek Bo‘ro‘nov uchrashgan edi.
1 iyun kuni Botken viloyatidagi “Chechme” o‘tkazish punktida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Qubatbek Bo‘ro‘nov uchrashgan edi.

So‘xda 31 may kuni sodir etilgan nizo ortidan o‘tkazilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasidagi muzokaralarda Toshkent Bishkekdan uchta muammoni hal etishni so‘radi.

Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Qubatbek Bo‘ro‘novning 4 iyun kuni qirg‘iz parlamentida aytishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistondan ikki muammoni hal qilishni iltimos qilgan. O‘zbekiston bu muammoni muzokaralar chog‘idayoq hal qilib bergan.

Rasmiyning aytishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistonning uch iltimosi yuzasidan hozirda bosh qotirmoqda.

So‘x mojarosi yuzasidan 4 iyun kuni qirg‘iz parlamentiga hisobot bergan Bosh vazir o‘rinbosari Qubatbek Bo‘ro‘nov o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi so‘nggi nizodan keyingi ikki tomonlama uchrashuvda O‘zbekiston kun tartibiga uch masalani qo‘yganini aytdi:

“Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni bizga uch masalani qo‘ydi. Birinchisi - Rishton tumanidagi “Qaytmas” postini ochib berish bo‘yicha. Ikkinchisi - yaylov, uchinchisi – To‘qto‘g‘ul suv ombori yoki Sirdaryodan sug‘orish davrida suv olish masalasi”.

O‘zbekistonga qarashli So‘x tumani Qirg‘iziston hududidagi eksklav bo‘lib hisoblanadi. 2013 yili qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi mojarodan keyin So‘x-Rishton yo‘li yopib qo‘yilgan. 2019 yilda bu yo‘l 2 kunga ochilib, keyin yana yopilgan.

1 iyun kuni so‘xliklar bilan shaxsan uchrashgan Bosh vazir Abdulla Aripov qirg‘iz rasmiylari bilan So‘x-Rishton yo‘lini ochish to‘g‘risida gaplashganini aytgan va ularga yo‘l masalasida talab qo‘yganini bildirgan edi.

Qubatbek Bo‘ro‘novga ko‘ra, So‘x-Rishton yo‘li bo‘yicha O‘zbekistonga “Bugun-erta ochib beramiz degan va’da berilmadi”.

“Bu masalani sizlar bilan birga ishlab, ikki davlatning komissiyalari doirasida ko‘rib beramiz, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga ham a’zo ekanimizni inobatga olib ko‘rib chiqamiz” dedik - dedi Qubatbek Bo‘ro‘nov.

Unga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida mojoraga sabab bo‘lib kelgan yaylovlar masalasida Qirg‘izistonning Botken va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati rahbarlariga topshiriq berildi. Ular masalani o‘rganib, yaylovlardan hamkorlikda foydalanish rejasini taqdim etishlari lozim. Shundan keyin bu masala hukumat darajasida muhokama qilinadi.

Qubatbek Bo‘ro‘rov sug‘orish mavsumida To‘qto‘g‘ul suv ombori yoki Sirdaryodan O‘zbekiston qishloqlariga suv berish masalasi ham hozircha hal etilmaganini ta’kidladi.

-O‘zbekistonga suv masalasini imkoniyatga qarab ko‘rib chiqamiz, degan javob qaytardik, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Qirg‘iziston ham muzokaralar chog‘ida O‘zbekistondan ikki muammoni hal qilishni iltimos qilgan. O‘zbekiston bu muammoni muzokaralar chog‘idayoq hal qilib bergan.

“Birinchisi – chegaralarni aniqlash bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishini tezlashtirish. Bunga rozi bo‘lishdi. Ikkinchisi – So‘x tumani atrofidagi Qirg‘izistonning ikki qishlog‘iga suv chiqmay qolgan ekan. Masala joyida hal etilib, qishloqlarimizga suv berildi. Janjalning sababi bo‘lgan Chashma bulog‘i suvini qo‘shni tomon o‘ziga burib olgan ekan. U avvalgi holiga keltirildi”.

31mayda So‘x tumanidagi Chashma qishlog‘i hamda Qirg‘izistoning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i o‘rtasidagi buloq suvi talashidan kelib chiqqan janjal ortidan 1 iyun kuni Botken viloyatidagi “Chechme” o‘tkazish punktida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Qubatbek Bo‘ro‘nov uchrashgan edi.

So‘zlashuv natijasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati chegaradagi so‘nggi voqeani hamkorilkda tergov qilish va aybdorlarni jazoga tortishga kelishib olgan.

O‘qotar qurollar ishlatilgan va toshbo‘ronlar bo‘lgan mojaro chog‘ida O‘zbekiston tomonidan 187 kishi, Qirg‘iziston tarafidan esa 25 kishi yarador bo‘lgan.O‘zbekiston tomonidan 187 va Qirg‘iziston tomonidan 25 odam turli jarohat olgan.

XS
SM
MD
LG