Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:06

Ichki ishlar vazirligi uzrini qabul qildingizmi?


Abdurahmon Tashanov
Abdurahmon Tashanov

Andijonda bo‘lgan holat yuzasidan har bir aybdor javobgarlikka tortiladi va tizimimizni shaffoflashtiramiz. Holat yuzasidan barchadan uzr so‘raymiz”, dedi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov 1 iyul kuni Toshkentdagi Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan brifingda.

IIV rasmiy vakili uzrni fuqaro Alijon Abdukarimovning Andijon shahar IIB 4-bo‘limida qiynoqqa solingani oqibatida hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan so‘radi.

Hodisa ortidan IIBning uch xodimi mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, qonunga xilof ravishda hibsga olish, gumonlanuvchini qiynoqqa solish hamda shafqatsiz muomala qilishda ayblanib, qamoqqa olingan.

IIV rasmiy vakili uzrni barchadan, ya’ni butun jamoatchilikdan so‘radi. Barchaning ichida bugungi suhbatdoshimiz, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi, jurnalist Abdurahmon Tashanov ham bor va unga, kunning boshqa savollari qatorida, sarlavhaga chiqarilgan savolni ham berdik.

Ички ишлар вазирлигининг узрини қабул қилдингизми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:04 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG