Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:44

Kavrak mojarosi: Yeri tortib olingan aholi bilan IIB o‘rtasida janjal chiqdi (VIDEO)


Qashqadaryo viloyat, Dehqonobod tuman, Bo‘ztepa qishlog‘idagi janjal payti olingan surat.
Qashqadaryo viloyat, Dehqonobod tuman, Bo‘ztepa qishlog‘idagi janjal payti olingan surat.

15 iyul kuni Qashqadaryo viloyat, Dehqonobod tuman, Bo‘ztepa qishlog‘ida yeri tortib olingan aholi bilan IIB xodimlari o‘rtasida janjal chiqdi.

Voqea “investorlar” aholidan tortib olingan yerni ko‘rishga borgan payti sodir bo‘lgan.

IIB xodimlari yerni ko‘rsatishga qarshilik qilgan bo‘ztepalik yigitlarni hibsga olishga uringan payti aholi bunga norozilik bildirgan va oqibatda janjal kelib chiqqan.

Dehqonobod tuman IIB dan olingan ma’lumotga ko‘ra, janjalda hech kim jarohatlanmagan.

5 yildan beri dorivor kavrak o‘simligi yetishtirib kelgan 100 dan oshiq bo‘ztepalik oila yeri tortib olinganiga norozilik bildirib, 16 iyun kuni Qarshiga ham borgan edi.

15 iyul kungi janjal

O‘zbek-turkman chegarasidagi Bo‘ztepa qishlog‘ida chorshanba kuni bo‘lgan voqea haqida Ozodlikka 17 iyul kuni xabar keldi.

Voqea joyida bo‘lgan bo‘ztepalikka ko‘ra, janjal yeri tortib olinganlar bilan IIB xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan:

“Biz hokimlik va prokuraturaga qilgan shikoyatlarimizdan natija bo‘lmagach, kavrak dalasi oldiga post o‘rnatdik. Qo‘limizda hujjatimiz bo‘la turib, yerni sotib olgan chet elliklarning dalaga o‘tishiga ruxsat bermadik. 13 va 14 iyul kunlari ular kelib, dalaga o‘ta olishmadi. 15 iyul kuni esa chet ellik firma egalari IIB xodimlari bilan birga kelishdi. Bundan xabar topgan yeri tortib olinayotgan barcha dala boshiga borishdi. Qarshilik qilganimiz uchun xodimlar yigitlarimizni IIBga olib ketmoqchi bo‘ldi. Shu payt janjal kelib chiqdi”.

Ozodlikka voqea joyidan yo‘llangan videoda o‘ndan ziyod odamning bir-birini tortqilayotgani aks etgan. Ular orasida IIB xodimlari va harbiy formadagilar ham borligi ko‘rinadi.

Ери тортиб олинган аҳоли билан ИИБ ўртасида жанжал чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:43 0:00

Janjalning nima bilan tugagani videoda aks etmagan. Voqea joyida bo‘lgan bo‘ztepaliklarga ko‘ra, janjalda hech kim jarohatlanmagan:

“Bizdan hech kim jarohat olmadi. Militsiya xodimlarini ham urmadik. Faqat yigitlarimizni olib ketamiz deganiga baqir-chaqir bo‘lib ketdi. Yigitlarimizni kuch bilan ular qo‘lidan tortib oldik. Hech kimni ROVDga (IIB) olib keta olishmadi. Bermadik hech kimni”.

Ozodlikka kelgan videolardan yana birida tayoq va xodalar bilan qurollangan yigitlar ko‘rinadi va baqir- chaqirlar orasida “urma, urma, o‘lib qoladi” degan ovoz ham eshitiladi.

Voqeaga guvoh bo‘lgan bo‘ztepalik yigitga ko‘ra, bu tasvirlar ham 15 iyul kuni olingan bo‘lib, janjal yeri tortib olinganlar bilan firma egalari orasida kelib chiqqan. U janjalda hech kim jarohatlanmagani aytildi.

Dehqonobod tuman IIB ning Ozodlik bog‘langan xodimi Bo‘ztepada 15 iyul kuni kelib chiqqan mojaroda hech kim jarohatlanmaganini tasdiqladi.

Ozodlikka voqea joyidan yo‘llangan videoda 15 iyul kuni “investorlar”ga yigirmadan ziyod harbiy va IIB vakillari hamrohlik qilgani ko‘rinadi.

Tasvirlarda “investor” va iibchilar raqamsiz bir nechta mashinada kelgani aks etgan.

Qo‘lida shartnomasi bilan yersiz qolgan dehqonlar

Qashqadaryo viloyat, Dehqonobod tumanidagi Bo‘ztepa qishlog‘i cho‘l va adirlikda joylashgan. Turkmaniston bilan chegara chizig‘idagi bu qishloq ahlining Ozodlikka aytishicha¸ iqlimi nihoyatda qattiq bo‘lgan bu hududda suv yo‘qligidan¸ oddiy dehqonchilik bilan shug‘ullanishning iloji yo‘q.

Asosan mol boqish bilan tirikchilik qilib kelgan bo‘ztepaliklar 2015 yili tuman O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi bilan 7 yillik ijara shartnomasi tuzib¸ adirlikka dorivor kavrak o‘simligi ekishni yo‘lga qo‘ygan. Kavrak shirasini yig‘ib¸ uni Afg‘oniston va Hindistonga eksport qiluvchilarga sotish Bo‘ztepadagi 100 dan oshiq oilaning deyarli yagona daromad manbai bo‘lgan.

Ozodlik bilan gaplashgan bo‘ztepaliklarga ko‘ra¸ 2019 yil oxiri¸ 2020 yil boshlarida Dehqonobod tuman hokimi bu yerlarni na uni qonuniy ijaraga olgan dehqonlar va na bu yer qarashli bo‘lgan O‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga bildirmay turib¸ “xorijiy va mahalliy investor”larga tortib olib bergan.

Dehqonobod tuman O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi mulozimi¸ qonun va hujjatlar norozilar tomonida ekani¸ ammo na hokimlik¸ na prokuratura buni inobatga olmay kelayotganini Ozodlikka 16 iyun kuni tasdiqlagandi.

XS
SM
MD
LG