Линклар

Шошилинч хабар
20 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:16

OzodTarmoq:"Sog‘liqni saqlash tizimi quladi"


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda ayni kunlarda jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida bildirilayotgan ayrim mulohazalar e’tiboringizga taqdim etiladi. Voqealarga berilayotgan baholar mutlaqo muallif pozitsiyasi. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida o‘zbek jurnalisti Nurilloh Sharifning Feysbukdagi o‘z sahifasida 17 iyul kuni e’lon qilgan postni e’tiboringizga havola qilyapmiz. Matn tahrirsiz berilmoqda.

"Sog‘liqni saqlash tizimi quladi. Rostan quladi.

Singlim 6 kishilik oilasi bilan Kovidga chalingan. 1,5 yoshlik jiyanim bilan. Oilasida bola borligi uchun bir-biriga yordam berish qiyinlashyapti. Ularga bitta doktor biriktirilishi kerak. Lekin 4 kundan buyon bir dona doktor topilmayapti.

Bugun umuman skoriy chaqirolmadik. Ular ham, biz ham zayavka berib qo‘yganmiz. Kelishidan darak yo‘q.

Birinchi kun poliklinikaga qildik. Doktorlar otpuskada deyishdi. 1003 ga qildik, poliklinikaga qilila deyishdi. Poliklinikani javobini aytdik, unda Oila markaziga qilila deyishdi. Oila markazidagi xodim bilan gaplashdik albatta yordam beramiz deyishdi. Bir kun o‘tdi natija bo‘lmadi.

Shayxontohur SESi rahbari Inomjon akaga qildik. Testning javobi chiqishi bilan yordam beramiz dedi.

Testning javobi chiqdi. Qildik. Bo‘ldi, doktor biriktiramiz deyishdi. Keyin natijani bilish uchun qayta qildik ,umuman telni olmadi (nomard). 1 kun tel qildik. Foydasi bo‘lmadi.

1003 ga qildik. SES xodimlarini jo‘natishdi. Hammasidan yana test oldi. 5 kunda(!!!) javobi chiqadi dedi. Naznacheniya qiladigan shifokor topib beringlar dedik. Biz analiz olamiz deyishdi. Skoriyga qilinglar deyishdi.
Bugun esa umuman skoriy chaqirolmayapmiz. Borgan sari singlimni ahvoli yomonlashyapti.

Endi janob Bosh Prokurorga savol. Nega xalqni aldadingiz? 15 daqiqa ham kechikmaydikan tez yordamingiz qani? Uyalmaysizmi o‘z xalqingizdan?

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. 4 oydan beri nahot shunday holat uchun tayyorgarlik ko‘rilmagan. Qani dorilar zaxirasi? Ergoferon, Arbidol, Azimak va boshqa virusga qarshi dorilarni umuman topib bo‘lmayapti!!! Odamlar uylarida jon beryapti!!! Xalq ildiz chaynab yuribdi!!! Uyalmaysizmi o‘z xalqingizdan?

Dalada yer choptirish bo‘lsa doktorlarni uyidan sudrab bo‘lsa ham olib chiqadiganlar qani? Bunaqa vaqtda nega doktorlar otpuskada? Uyalmaysizmi o‘z xalqingizdan?

4 oydan beri Jahon banki, Osiyo Taraqiyot banki, Yevropa tiklanish banki va boshqa xalqaro banklardan olingan pullar qani? Nahot tez yordam mashinalarini 50-60 taga ko‘paytirishga qurbingiz yetmaydi!? Uyalmaysizmi o‘z xalqingizdan?

Qo‘sha-qo‘sha citi qurganlar bir dona hali bitmagan bo‘lsa ham bir domni vaqtinchalik kasalxona qilishga berib tursalaring bo‘lmaydimi!? Uyalmaysizmi o‘z xalqingizdan?

Milliy stadion nima qib bo‘sh yotibdi? Humo arenachi? Nahot jahon tajribasidan oddiy elementar narsani o‘rganolmasak? Uyalmaysizmi o‘z xalqingizdan?

Xalq hukumatdan, uning va’dalaridan to‘ydi...

Uyalinglar!

XS
SM
MD
LG