Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:37

Koronavirusga qarshi dorilar “qora bozor”ga chiqib ketdi


Mamlakat dorixonalarida keyingi ikki hafta ichida virusga qarshi dorilar taqchilligi kuzatilmoqda.
Mamlakat dorixonalarida keyingi ikki hafta ichida virusga qarshi dorilar taqchilligi kuzatilmoqda.

Hukumatning dori taqchilligiga barham berish haqidagi va’dalaridan bir hafta o‘tib ham vaziyat o‘nglanmadi: dorixonalarda virusga qarshi dori-darmon taqchilligi kuzatilmoqda.

Ayni paytda talab kuchli aksar dorilar “qora bozor”da nominal narxidan 20 barobargacha qimmat sotilayotganini Bosh prokuratura ham tan oldi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati rahbari dori taqchilligi bilan holat yaqin kunlarda o‘nglanishini aytdi.

Covid-19 dan davolanayotgan toshkentlik yigitning 21 iyul kuni Ozodlikka aytishicha, poytaxt dorixonalarida virusga qarshi dorilarni topish amrimahol:

“Kagatsel va arbidol umuman yo‘q. Plakvenil - umuman topish qiyin dori. Ergoferonni ham topish qiyinroq. Doktor yozib bergan antibiotik Azimak 500 (tarkibi atsitrometsin) hamma dorixonada ham yo‘q. Ammo yaxshiroq izlasangiz topsa bo‘ladi”.

8 kundan beri davolanib, ahvoli o‘nglanganini aytgan toshkentlik yigitga ko‘ra, aksar dorilar “qora bozor”ga chiqib ketgan:

“Koronavirusni aniqlaydigan ekspress testlar faqat qo‘lda. Arbidol va Ergoferonni ham qo‘ldan topasiz. Ko‘pincha Telegram orqali e’lon berishadi. Falon dori, falon so‘mdan bor deb. Keyin ular bilan bog‘lanib, sotib olasiz”.

Internetdagi e’lonlardan birida Arbidol 502 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgani aytilgan. Ozodlik e’londagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tusha olmadi.

Telegram tarmog‘ida e’lon qilingan e’londa esa Covid-19 ni aniqlaydigan ekspress test sotilayotgani aytilgan. Ozodlik bu e’londagi telefon raqamiga ham 21 iyul kuni bir necha bor telefon qilib, bog‘lana olmadi.

Telegramda berilgan e’lonlardan biri.
Telegramda berilgan e’lonlardan biri.

Ozodlik muxbiri 21 iyul kuni Toshkentning turli xududlarida joylashgan bir qancha dorixonaga mijoz sifatida qo‘ng‘iroq qilib, virusga qarshi dorilarni so‘radi.

Dorixonalardan olingan javoblar 15 iyul kungi javoblar bilan bir xil bo‘ldi: Virusga qarshi va isitmani tushiruvchi aksar dorilar yo‘q.

Ozodlik 21 iyul kuni bog‘langan Toshkentdagi dorixonalarda quyidagi dorilar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi:

  • Arbidol
  • Ergoferon
  • Lopinavir
  • Avigan
  • Azimak
  • Kagatsel
  • Plakvenil

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:17 0:00
Бевосита линк

Dori taqchilligi nafaqat poytaxtda balki viloyatlarda ham davom etmoqda.

Samarqandlik yigitning aytishicha, hukumat va’dalariga qaramay, viloyat dorixonalarida virusga qarshi dorilar yetishmovchiligi barham topmagan:

“Samarqandda virus va infeksiyalarga qarshi dori-darmonlar taqchillashdi. Bori ham dorixona egalari tomonidan juda qimmat narxda sotilmoqda. Tumanlarni aytmasa ham bo‘ladi. Masalan, Samarqand shahrida pandemiyadan oldin “Ergoferon” tabletkalari 35 ming so‘m edi, hozir bir necha o‘n baravarga qimmatladi. “Arbidol”ni ham butun viloyatdan topib bo‘lmaydi. Rahbarlar aytgan dori zaxirasi qani?”

Kuni kecha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti o‘tkazgan reydlarda virusga qarshi dorilarni “qora bozor”da pullayotgan bir necha kishi ushlandi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, poytaxtning Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy tumanlaridagi reydlar payti “qora bozor”da Arbidol tabletkasining bir qutisi 600 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilayotgani aniqlangan.

Yuqoridagi videoda departament xodimi poytaxt dorixonalarida taqchil bo‘lgan dorilar “qora bozor”dagi sotuvchilar qo‘lida 100-200 qutilab topilgani haqida gapirgan.

Ozodlik O‘zbekistondagi dori-darmon ishlab chiqarilishi uchun mas’ul hisoblangan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga bog‘landi.

Agentlik matbuot kotibi Qizlarxon Xo‘jayevadan quyidagi javobni oldik:

- Men hozir o‘zim aptekaga chiqib, tushdim. Isitmaga qarshi dorilar bor hammasi. Nimaga vahima ko‘tarasizlar? Yonimdagi hamma aptekada bor, ishxonamning yonidagi hamma aptekada ham bor.

Ozodlik: Virusga qarshi dorilar-chi? Masalan, Arbidol, Ergoferon, Lopinavir, Avigan...

- U dorilarning ham ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Yaqin kunlarda u dorilar ham aptekalarga keladi.

Ozodlik: Qachon keladi? Hozir kasal bo‘layotgan odamlar nima qilsin?

- Hozir kasal bo‘layotgan odamlar shifokorga murojaat qilsin. Men farmatsevt emasman. Men sizga o‘xshagan jurnalistman...

Prezident Mirziyoyev ham dori yetishmovchiligi muammosi mavjudligini tan olib, dori vositalarining uch oylik zaxirasini yaratishga topshiriq berdi.

18 iyuldan farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ularni olib chiqish vaqtincha to‘xtatildi.

21 iyuldan uyda davolanayotgan bemorlarga bepul dori-darmon qutichalari tarqatilish boshlandi.

XS
SM
MD
LG