Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:41

Ozodlik Ukraina sharqida tuzilgan shafqatsiz «harbiy tribunallar» a’zolari shaxsini aniqladi


Igor Strelkov degan laqab bilan tanilgan sobiq rus razvedka zobiti Igor Girkin.
Igor Strelkov degan laqab bilan tanilgan sobiq rus razvedka zobiti Igor Girkin.

Ozodlik radiosi Ukraina sharqidagi Slovyansk shahrida bir necha «harbiy tribunal» o‘tkazib, «aybdor deb topilganlarni» qatl etgan to‘qqiz kishining yettitasi shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ozodlikka kelib tushgan hujjatlardan bir necha shaxsning taqdirini Igor Strelkov degan laqab bilan tanilgan sobiq rus razvedka zobiti Igor Girkin asos solgan tribunallar hal qilganini ko‘rsatadi. «Ayblanuvchilar» sovet diktatori Iosif Stalin Ikkinchi jahon urushi yillarida joriy etgan qonun asosida «javobgarlikka tortilgan».

Ozodlik surishtiruviga Girkinning Slovyansk shahridagi xavfsizlik bo‘limi imoratidagi ofisidan olingan hujjatlar, ochiq manbalardagi nashrlarga tayangan holda o‘tkazilgan tadqiqotlar hamda zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani iddao qilingan shaxslar, guvohlar hamda qurbonlarning oila a’zolari bilan o‘tkazilgan intervyular asos bo‘ldi.

Girkin bilan tribunallarda o‘tirgan shaxslarning biri Moskvadagi tashkilot orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin hamkorlaridan biri, Kremlning Ukraina bo‘yicha siyosatini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan Vladislav Surkovga aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlarda Girkin rossiyaparast ayirmachilarning muhim qo‘mondoni bo‘lgan. 2014 yilning aprelida boshlangan to‘qnashuvlarda bugunga qadar 13 200 dan oshiq kishi halok bo‘ldi.

Ukraina hukumati Girkinni Rossiya hukumatining josusi deb atab, uni urush jinoyatlariga qo‘l urishda ayblamoqda. Girkin 2014 yilning avgustida qo‘mondonlikni to‘xtatgan. O‘sha paytda u to‘qnashuvlar davomida jarohat olgani xabar qilingan edi.

Girkin Niderlandiya tergovchilari 2014 yilning 17 iyulida Ukraina sharqidagi qishloq joyda Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH17 reysi uchog‘i urib tushirilishiga aloqadorlikda ayblayotgan to‘rt shaxsning biridir.

Xalqaro jinoyat tergovi guruhi MH17 reysi uchog‘i Rossiyaning 53-zenit-raketa brigadasiga qarashli «yer-havo» tasnifidagi «Buk» raketasi bilan urib tushirilgan va Rossiyaga orqa qiluvchi ayirmachilar nazoratidagi hududdan uchirilgan, degan xulosaga keldi. Fojiada 298 nafar odam nobud bo‘ldi. Qurbon bo‘lganlar orasida 193 nafar Niderlandiya fuqarosi, shuningdek, 43 nafar malayziyalik va 38 nafar avstraliyalik bor edi.

Ozodlik Ukraina sharqida ayirmachilar tuzgan harbiy tribunallar haqidagi qo‘lga kiritgan yangi ma’lumotlar Rossiya hamda Moskva askar, qurol-aslaha va mablag‘ bilan ta’minlab kelayotgan ayirmachilarga qarshi urush jinoyatlari ishlari uchun qo‘shimcha dalil bo‘ldi.

Rasmiy Kiyev Ukrainadagi sudlar hamda Yevropa inson huquqlari sudi hamda Xalqaro jinoyat sudi orqali Rossiya hukumati va ayirmachilarni javobgarlikka tortish uchun kurashib keladi.

XS
SM
MD
LG