Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:34

Eron harbiy mashqlar davomida "Amerika uchoqtashir kemasiga" raketa otdi


Ho‘rmuz bo‘g‘ozida o‘tkazilgan harbiy mashqlar davomida yerosti uchirish qurilmasidan ballistik raketa otildi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida o‘tkazilgan harbiy mashqlar davomida yerosti uchirish qurilmasidan ballistik raketa otildi.

Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida o‘tkazilgan harbiy mashqlar davomida yerosti uchirish qurilmasidan ballistik raketa otdi. Bu voqeadan bir kun oldin korpus harbiylari mashqlar davomida vertolyotdan raketa otgan edi. Har ikki mashqda go‘yoki Amerikaning uchoq tashuvchi kemasi mo‘ljal bo‘ldi.

Eron davlat telekanalining xabar berishicha, dronlar yordamida harbiy kemaning kapitan ko‘prigiga hujum qilingan. Ammo telekanal na raketa otilgani, na dronlar hujumlari aks etgan tasvirlarni efirga uzatdi.

AQSh armiyasi ballistik raketa otilishi ortidan Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Al-Dafra» havo bazasi hamda Qatardagi «Al-Udeid» havo bazasidagi Amerika qo‘shinlari harbiy shaylikka keltirilganini bildirdi.

AQSh armiyasining Qatardagi markaziy qo‘mondonligi matbuot kotibi Bet Riordan:

- Hodisa bir necha daqiqaga cho‘zildi. Tahdid tugaganidan keyin, shaylik bekor qilindi, - dedi.

Har ikki baza Eron sinovlarni o‘tkazgan hududdan bir necha yuz kilometr masofada joylashgan.

2018 yilda Vashington Eron va dunyoning qudratli davlatlari o‘rtasida Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvdan chiqdi va Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qayta joriy qildi. Natijada Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar sovib ketdi.

Joriy yilning yanvarida Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy Bag‘dod shahrida AQSh kuchlari tomonidan berilgan havo zarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi. Buning ortidan Tehron Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga raketa otdi, natijada AQSh qo‘shinlari jarohat oldi.

Vashington, shuningdek, Tehronga qurol-aslaha sotishni man etuvchi BMT rezolyutsiyasini uzaytirishga chorlab keladi. Rezolyutsiya joriy yilning oktabrida o‘z kuchini yo‘qotadi.

O‘tgan haftada Suriya ustida Eron yo‘lovchi uchog‘iga Amerika qiruvchi uchog‘i yaqinlashishi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat yanada keskinlashdi.

28 iyul kuni Eron telekanallari efirga uzatgan kadrlarda vertolyotdan otilgan raketa soxta harbiy kemaga borib urilganini ko‘rish mumkin.

«Payg‘ambari azam» nomi bilan o‘tkazilayotgan mashqlar aks etgan boshqa bir videoda tezkor qayiqlar replika kemani o‘rab olganini, desantlar uning palubasiga chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, havo hujumiga qarshi batareya o‘q uzayotgani aks etgan kadrlar ham ko‘rsatildi. Eron televideniyesiga ko‘ra, havo hujumiga qarshi batareya Bandar-Abbos shahri yaqinidan raketa otgan.

Mashqlar davomida harbiy yuk mashinalari bortidan hamda ko‘chma raketa komplekslaridan ham o‘q uzildi.

AQSh harbiy-dengiz floti Eron o‘tkazgan mashqlarni qoralab, ularni «qo‘rqitish urinishi» deb atadi.

XS
SM
MD
LG