Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:28

Muhtojlarga ajratilgan pul ustida janjal chiqdi. Rasmiylar aybdorlar jazolanishiga va’da berdi (VIDEO)


Sergelidagi janjaldan so‘ng rasmiylar aholi vakillari bilan uchrashdi. (Kun.uz saytidan skrinshot)
Sergelidagi janjaldan so‘ng rasmiylar aholi vakillari bilan uchrashdi. (Kun.uz saytidan skrinshot)

31 iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida muhtojlarga ajratilgan pulni tarqatish payti mahalla qo‘mitasi a’zolari bilan aholi o‘rtasida janjal chiqdi.

Sergeliliklar “muhtojlar puli” ehtiyojmandlarga berilmasdan, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilganiga norozilik bildirdi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev norozilar bilan uchrashib, kelgusi hafta boshida muhtojlarga pul berilishini aytdi.

Ayni paytda Xorazmda ham muhtojlarga berilgan puldan mahalla faollari ochiqchasiga ushlab qolganidan shikoyat qilindi.

1 avgust kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Sergeli va Xorazmdagi vaziyat nazoratga olinganini aytib, aybdorlar jazolanishiga va’da berdi.

Sergelidagi janjal

31 iyul kuni Toshkentning Sergeli tumani “Humo” mahallasida muhtojlarga ajratilgan pulni tarqatish payti janjal kelib chiqdi.

Voqea joyidan Ozodlikka yo‘llangan videoda mahalla qo‘mitasi a’zolari bilan aholi vakillari o‘rtasida janjal bo‘layotgani, bir necha nafar IIB xodimi ularni ajratishga harakat qilayotgani aks etgan.

Videoda mahalla ma’muriyati vakillari bilan IIB xodimlari o‘rtasida ham nizo chiqqani ko‘rinadi.

Муҳтожларга ажратилган пул устида жанжал чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:58 0:00

Videoda sergeliliklar mahalla qo‘mitasini muhtojlarga yordam pullarini bermayotganlikda ayblaydi.

Nogiron bolalari bo‘lgani holda yordam puli olmaganini aytgan ayol, mahalla qo‘mitasi xodimlari yordam so‘rab kelganlarga bankdan kredit olishni tavsiya qilganiga norozilik bildiradi.

Janjalning ertasiga, 1 avgust kuni rasmiylar Sergeliga borib, norozilar bilan uchrashdi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, Sergeli tuman hokimligi binosi oldida o‘tgan uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etgan.

Rasmiylar ehtiyojmand oilalar uchun berilgan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqilishi va fuqarolarning murojaatlari bevosita barcha mahalla hududlariga borib o‘rganilishini bildirgan.

Yangi tuziladigan ro‘yxatlar asosida yangi hafta boshlarida fuqarolarga mablag‘lar yetkazilishi va’da qilingan.

Xorazmdan shikoyat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida Xorazmda ham “muhtojlar puli” borasida qonunbuzilishlar bo‘layotgani aytilgan.

"Bu 700 ming so‘m. Konvertni ochganda haqiqatan ham unda 1 million so‘m bo‘lgan, lekin mahalla va hokimlik vakillari "Agar 300 ming so‘mdan tashlab ketmasalaring, biz keyingi safar pul tarqatilganda sizlarni ro‘yxatdan olib tashlaymiz", deb qo‘rqitib, 300 ming so‘mdan pullarini olib qolishgan", deydi videoni tasvirga olayotgan yigit.

Vazirlik javobi

1 avgust kuni AOKAda o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rasmiysi Ahror G‘ulomov Sergeli va Xorazmdagi holatlar Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qildi:

"Farmon bilan belgilangan ehtiyojmand va nochor oilalarga pul mablag‘larini tarqatish masalalarida Xorazm va Sergeli bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holatlardan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining xabari bor.

Ushbu holatlar vazirlik rahbariyati tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birga qat’iy nazoratga olingan. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha holatlar o‘rganilmoqda.

Qonun buzilishi holatlari tasdiqlanadigan bo‘lsa, aybdorlarga nisbatan albatta o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘riladi".

Muhtojlarga yordam

Prezident Mirziyoyevning 30 iyuldagi farmoniga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga byudjetdan bir martalik moddiy yordam puli berilishi belgilandi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga moddiy ko‘mak ko‘rsatish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 150 mlrd so‘m ajratilib, Qurbon Hayiti arafasida 1 million so‘mdan moddiy yordam tarqatilishi ta’kidlangan edi.

XS
SM
MD
LG