Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:38

Lukashenko: Rossiyadan Belarusni beqarorlashtirish uchun jangarilar yuborilgan


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani 9 avgustga belgilangan prezidentlik saylovi arafasida mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun xususiy rus harbiy shirkatining 200 jangchisi mamlakatga yuborilganini yashirishga urinishda aybladi.


1 avgust kuni Lukashenko Belarus tergovchilarining Vagner Group a’zolari fitnasi haqidagi dastlabki xulosalari bilan tanishib chiqqanini aytdi.

Vagner Group xususiy harbiy shirkat bo‘lib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning muhim hamkori Yevgeniy Prigojin tomonidan boshqarilishi aytiladi. Guruh jangchilari Ukraina, Suriya va Liviyadagi mojarolarda qatnashib keladi.

1 avgust kuni Minskdagi Rossiya elchixonasi o‘z diplomatlari Belarus rasmiylari qo‘lga olgan 33 nafar Vagner Group shartnomachisi bilan uchrashganini bildirgan edi.

- Tushunishimcha, bular Belarusga safarbar qilinishi rejalashtirilgan 180 yoki 200 odamning birinchi guruhi xolos, - dedi Lukashenko.

Lukashenko Rossiya «dumini qisganini» aytib, Kremlning jangchilar Minsk bilan erishilgan kelishuv asosida yuborilgani haqidagi iddaosini «bo‘lmagan gap» deya ta’rifladi.

Kreml guruh a’zolari asossiz qo‘lga olinganini aytib, ularni ozodlikka chiqarishga chorladi.

Hafta boshida Minsk yaqinida Vagner Group guruhining 32 shartnomachisi, mamlakat janubida yana bir a’zosi qo‘lga olingan edi.

31 iyul kuni Ukraina bosh prokuraturasi qo‘lga olingan jangchilarning 28 nafari Ukraina sharqida rossiyaparast ayirmachilar qatorida jang qilishda gumonlanayotganini aytib, Minskdan ularni Kiyevga ekstraditsiya qilish so‘ralishini bildirdi.

Prokuratura bildiruviga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning 9 nafari Ukraina fuqarosidir.

Ammo 1 avgust kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘lga olinganlarning barchasi Rossiya fuqarosi ekanligini ta’kidladi.

Peskov Minskning guruh a’zolari Belarus prezidentlik sayloviga aralashishni rejalashtirgani haqidagi iddaosini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 33 jangchi Istanbul orqali «uchinchi mamlakatga» ketayotganida qo‘lga olingan.

31 iyul kuni Peskov muxbirlar oldida qilgan chiqishida:

- Ularning Belarusga safari na Belarusning o‘ziga, na uning ichki ishlariga aloqador emas, - dedi.

Ammo Belarus tergov guruhi yetakchisi Aleksandr Agafonov jangchilarning sayohatni davom ettirish rejasi shunchaki «alibi» ekanligini ta’kidladi.

Agafonov ularning Belarusda qolishlari sabablari «bir-biriga zid» ekanligini va «qovushmayotganini» ta’kidladi.

Belarus Xavfsizlik kengashi raisi Andrey Raukou ayni damda 200 ga yaqin jangari Belarus hududida qolayotganini, ularni qo‘lga olish ustida ish olib borilayotganini aytdi.

Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Tahlilchilar saylovda mamlakatni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Lukashenko g‘alaba qozonishi bu gal har doimgidek juda oson bo‘lmasligini aytishmoqda.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Lukashenko muxolifatga bosimni kuchaytirdi. Keyingi oylarda mamlakatda yuzlab odam, jumladan, faollar, blogerlar va prezidentlikka nomzodlar hibsga olindi.

XS
SM
MD
LG