Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:49

O‘zbekistonlik temiryo‘lchilar Mozori Sharifda qurolli hujumga uchradi


20 avgust kuni Afg‘onistonning Mozori sharif shahri yaqinidagi temir yo‘l qo‘riqchilariga uyushtirilgan qurolli hujumi oqibatida o‘sha hududda ishlab yurgan o‘zbekistonlik temiryo‘lchi og‘ir jarohat oldi.

Afg‘onistondagi Ozodlik muxbirining mahalliy politsiyaga tayanib xabar qilishicha, temiryo‘lchi O‘zbekistonning Termiz shahridagi kasalxonaga olib ketilgan.

Hujumda, Kobul rasmiylariga ko‘ra¸ bir nafar afg‘onistonlik qo‘riqchi askar halok bo‘lgan, yana biri jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hozircha bu hujum uchun mas’uliyatni hech qaysi qurolli guruh zimmasiga olmadi.

Ozodlik afg‘on xizmatining Kobuldagi muxbiri Olim Rahmonyor voqeaga oid mahalliy politsiya tarqatgan tafsilotlarni ma’lum qildi.

“Balx politsiyasi so‘zchisi Odilshoh Odilning aytishicha, bugun ertalab soat 7 da notanish kimsalar Balx temir yo‘li qo‘riqchilariga qurolli hujum qilganlar. Voqea Mozori sharif – Hayraton yo‘lida yuz bergan. Qo‘qqisdan qilingan hujum oqibatida temir yo‘lning bir qo‘riqchisi o‘lgan, yana bir qo‘riqchi va o‘sha yerda ishlab yurgan o‘zbekistonlik temiryo‘lchi yaralangan. O‘zbek ishchisi Termiz shahriga olib ketilgan”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:42 0:00
Бевосита линк

Olim Rahmonyorga ko‘ra, ayni paytda Balx politsiyasi qochib ketgan hujumchilarni qidirmoqda.

Voqeaga oid norasmiy xabarga ko‘ra¸Mozori Sharif yaqinidagi Toza Umid qishlog‘idagi masjid oldida otishma bo‘lgan. Tolib jangarilari qo‘riqchi mashinaga hujum qilgan. Bir afg‘on soldati o‘lgan¸ uchtasi yaralangan.

"Hujum joyida bo‘lgan o‘zbekistonlik temiryo‘lchilardan ikkitasi voqea joyida o‘lgan¸ bittasi jarohatlangan. Yarador o‘zbekistonlik Termizga olib kelingan"¸ deb xabar berdi Hayratondagi o‘zbeklardan biri.

Balx politsiyasi hujum oqibatida o‘zbekistonliklarning o‘lganiga oid xabarlarni inkor qildi.

Ozodlik Mozori Sharifdagi o‘zbek temiryo‘lchilarining hujumga uchragani¸ unda necha nafar o‘zbekistonlikning jarohatlangani¸ o‘lganlar bor-yo‘qligini aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi¸ qolaversa¸ "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Har ikkala idora mulozimi Ozodlikka bunday voqeadan xabari yo‘qligini aytish bilan cheklandi.

Voqea tafsilotlarini Ozodlikda kuzating.

XS
SM
MD
LG