Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:22

Bishkek sudi marhum Azimjon Asqarovning hukumatga qarshi yozgan da’vo arizasini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi


Asqarovning bevasi Xadicha Asqarova turmush o‘rtog‘ining oqlanishi uchun kurashni davom ettirmoqchi.
Asqarovning bevasi Xadicha Asqarova turmush o‘rtog‘ining oqlanishi uchun kurashni davom ettirmoqchi.

20 avgust kuni Bishkek shahar sudi marhum huquq himoyachisi Azimjon Asqarovning qirg‘iz hukumati ustidan yozgan da’vo arizasini ko‘rib chiqdi. Asqarov o‘tgan yili hukumatni Birlashgan Millatlar tashkiloti taklifini inobatga olmay, qarorini bajarmayapti deb sudga bergan. Bu Asqarov vafot etganidan keyin Bishkek shahar sudida o‘tgan ilk mahkama bo‘ldi.

Sudda advokatlar Asqarov o‘rniga da’vogar sifatida uning turmush o‘rtog‘i Xadicha Asqarovani tayinlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritishdi. Biroq sud bu iltimosni qanoatlantirmadi.

- Azimjon Asqarov vafot etgani sababli sud uning merosxo‘ri sifatida bir odamni tayinlashi kerak. Ma’muriy protsesual kodeksga muvofiq bir tomon vafot etsa yoki sudda ishtirok etolmasa shunday chora qo‘llaniladi. Biz arzimizda da’vogar sifatida Xadicha Asqarovani ko‘rsatib Azimjon Asqarovning da’vo arzini ayoli nomidan da’vo ettirishni so‘radik, -deydi Azimjon Asqarov advokati Valerian Vaxitov.

O‘tgan yilning 23 noyabrida Azimjon Asqarov “BMT taklifini inobatga olmay, qarorini bajarmayapti” deb hukumatga qarshi ariza yozgan. 2016 yili BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Asqarov qamoqda qiynoqqa solingan, tibbiy yordam va holis sud bilan ta’minlanish huquqidan ajratilganini ta’kidlagan.

12 iyunda Bishkek ma’muriy sudi Asqarov da’vo arizasini ko‘rib chiqishni to‘xtatgan. Bunga “ish doirasidagi talashda hukumat ma’muriy organ sifatida javobgar emas”, degan sabab keltirilgan.

Asqarov advokatlari bu qarordan norozi bo‘lib shahar sudiga arzlangan. 20 avgustda Bishkek shahar sudi ma’muriy sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Sud jarayonida Asqarovning merosxo‘ri sifatida taklif qilingan uning turmush o‘rtog‘i Xadicha Asqarova turmush o‘rtog‘i arizasini Oliy sudgacha yetkazish niyati borligini aytadi:

- Suddan men adolatni kutyapman. Turmush o‘rtog‘imni oqlab berishlarini kutyapman. U gunoh qilmay gunohkor bo‘lib o‘tib ketdi. Men uni qamoqxonada vafot etadi deb o‘ylamagandim. Uni ko‘rgani kelganimda ikkalamiz kelajak to‘g‘risida yaxshi rejalar, niyatlar qilar edik. Shu sababli men, bolalarim uchun ham uning o‘limi kutilmagan voqea bo‘ldi. Shunga qaramay uning uchun barcha sud jarayonlariga qatnashib, kurashishga tayyorman, - deydi Xadicha Asqarova.

Азимжон Асқаров Ўзбекистонда дафн этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:39 0:00

Asqarov huquqlarini himoya qilib kelgan “Bir dinyo –Qirg‘iziston” tashkiloti rahbari To‘leyqan Ismailova ham Asqarovning hukumatga qarshi da’vo arizasini ko‘rib chiqishdan bosh tortgan Bishkek shahar sudi qaroridan noroziligini bildirdi:

- Qonunga muvofiq Azimjon Asqarovning huquqlarini himoya qilishni davom ettirib, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi qarorining bajarilishiga Oliy sudda erishishga harakat qilamiz. Xalqaro darajada qirg‘iz hukumati 2016 yildan beri hech qanday qadam tashlamadi, hech qanday talablarni bajarmadi. Inson o‘lsa ham, uni advokatlari yoqlayveradi, - dedi huquq himoyachisi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha bosh komissariyati matbuot kotibi Elizabet Tro‘ssel 28 iyulda Jenevada Asqarov o‘limi bo‘yicha mustaqil izlanish olib borish zarurligi va uning oilasi hukumatdan tovon puli undirib olish huquqiga ega ekanini aytgan.

Shuningdek, Asqarov o‘limi ortidan bir qator xalqaro tashkilotlar ham qirg‘iz hukumatini tanqid qilgan bildiruvlar tarqatgan.

Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 1 avgust kuni qirg‘iz matbuotiga bergan intervyusida qamoqxonada vafot etgan huquq faoli Azimjon Asqarov borasidagi savolga javob berar ekan:

-Bu ish 2010-yildan beri Qirg‘iziston xalqi va dunyo jamoatchiligi e’tiborini tortib keldi. Sudning har qanday instansiyalariga ikki tomon ham teng murojat qildi. Xalqaro normalarga ham amal qilindi. Qirg‘izistonda qonun ustuvorlik qilishi kerak. Mening sud qaroriga izoh berishim noto‘g‘ri bo‘lib qoladi, - deb aytdi.

69 yoshga to‘lgan Azimjon Asqarov 25 iyulda qamoqxonada pnevmoniyadan vafot etgan. U 2010 yildagi iyun voqealarida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va odam o‘ldirishda ishtirok etganlikda ayblanib umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Azimjon Asqarov tiriklik chog‘ida bu ayblovlarni tan olmagan. Huquq faoli jasadi o‘zining vasiyatiga binoan 31 iyul kuni Toshkentda dafn etilgan.

XS
SM
MD
LG