Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:22

OzodSuhbat: Rossiya-Qozog‘iston chegarasida 4 mingdan ziyod o‘zbekistonlik mehnat migranti to‘planib qoldi


Ravshanhoji Kavlanov, Orenburg viloyatidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari.
Ravshanhoji Kavlanov, Orenburg viloyatidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari.

Rossiyaning Samara oblastida yuzaga kelgan vaziyatga oid ma’lumotlarni Ozodlik bu oblastga qo‘shni Orenburg oblastidagi “O‘zbeklar milliy-madaniy avtonomiyasi” jamoat tashkiloti rahbari Ravshanhoji Kavlonovdan oldi.

O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston yo‘l berishini kutib, Samara oblast, Kinel shahri yaqinida 10 avgustdan boshlab to‘plana boshlagan o‘zbekistonliklar to‘g‘risida birinchi bo‘lib “Exo Moskvi” radiosi 5 sentabrda xabar qildi.

Radio xabariga ko‘ra, vaqtinchalik maxsus lagerda yashayotganlar soni 3 mingdan ortgan. Vaziyatdan har kuni xabardor bo‘lib turgan Ravshanhoji Kavlonovning aytishicha, to‘planganlar soni 4 mingdan ortgan.

Россия-Қозоғистон чегарасида 4 мингдан зиёд ўзбекистонлик меҳнат мигранти тўпланиб қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:46 0:00
Бевосита линк

“O‘zbeklar milliy-madaniy avtonomiyasi” jamoat tashkiloti rahbarining aytishicha, 7 sentabr, erta tongda O‘zbekiston jo‘natgan maxsus poezdda 918 kishi Toshkentga qarab yo‘lga chiqqan. Biroq qolgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qachon qaytishi ma’lum emas.

Samaradagi vaziyatdan tashqari Ravshanhoji Kavlonov bilan:

  • Orenburg viloyatida qancha o‘zbekistonlik borligi;
  • o‘zbekistonliklar asosan qanday sohalarda ishlashi;
  • ular o‘rtacha qancha ish haqi olishi;
  • patent narxi;
  • ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida suhbatlashdik.

O‘tgan oydagi gap

Rossiyadan qaytayotgan o‘zbek mehnat muhojirlarining Samara viloyatida to‘planib qolishi birinchi marta kuzatilayotgan hodisa emas.

7 avgustda Ozodlik O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga tayanib, Rossiya-Qozog‘iston chegarasidan o‘tolmay Orenburg va Samara viloyatlarida to‘planib qolgan o‘zbekistonliklarni vataniga qaytarish jarayoni boshlangani haqda xabar qilgan edi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, 7 avgustga o‘tar kechasi Toshkent – Buzuluk – Toshkent yo‘nalishidagi poezd 918 nafar yo‘lovchi bilan O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqqan.

10 avgustda esa Namangan viloyat hokimligi Rossiyadan qaytarilgan 918 nafar o‘zbekistonlik Popdagi karantin hududiga joylashtirilganini xabar qilgan.

XS
SM
MD
LG