Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:20

“Banklar kafolat xatiga ishonib, 400 mln. so‘mlik tikuv mashinasi sotdik. Banklar endi pulini bermayapti”


Buxoro shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor, “OOO SEWING MACHINES TRADING” MChJ rahbari Alisher Abbosov “Agrobank”, “Milliy bank”, “Mikrokreditbank”ning Buxorodagi filiallari tikuvchilik sexlari tashkil qilish uchun kreditga kafolat xatlari berganidan so‘ng, u tadbirkorlarni tikuv mashinalari bilan ta’minlagan.

Alisher Abbosovning Ozodlikka aytishicha, banklar bir yildan buyon bu mashinalarning pulini bermay sarson qilmoqda:

“Kichik biznesni rivojlantirish uchun biz tikuv mashinalari tarqatib, o‘rnatib, hatto tikishni ham o‘rgatib beramiz. Shunday tadbirkorlarga davlat kredit beryapti, banklar esa bizga kafolat xati berib, tikuv mashinalarini o‘rnatib bo‘lganimizdan so‘ng 3-7 kun ichida pulini to‘lab beramiz degan kafolat xati bergan. Shu xatga asosan biz olib borib bergan edik. Lekin mana bir yil bo‘lyaptiki, biz qo‘ygan mashinalarni tadbirkorlar ishlatyapti, lekin banklar pulni hali bizga ko‘chirib bermagan. Banklar o‘zi pechatlab, imzolagan kog‘ozini tan olmayapti. 400 million so‘m pulimiz yotibdi. Biz tikuv mashinalarini Xitoydan olamiz, ularga pulini to‘lolmaganimiz uchun, ular ham biz bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi. Banklar 3177 qaror bo‘yicha resur tugagan deyapti, resurs bo‘lmasa nega kafolat xati berasan, deb so‘raydigan odam yo‘q!”

Tadbirkor Agrobankning ikkita kafolat xati nusxasini ham Ozodlikka taqdim qildi.

Agrobankning kafolat xati
Agrobankning kafolat xati

Agrobankning kafolat xati
Agrobankning kafolat xati

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG