Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 17:01

Bloger Abduqodir Mo‘minov hibsga olindi. U "firibgarlik" va "tovlamachilik"da gumonlanmoqda


Abduqodir Mo‘minovning "g‘oyib bo‘lishi" Human.uz nashrining Toshkentdagi idorasiga uyushtirilgan reyd va qator jurnalist hamda blogerlarga qarshi jinoyat ishi fonida yuz bermoqda.
Abduqodir Mo‘minovning "g‘oyib bo‘lishi" Human.uz nashrining Toshkentdagi idorasiga uyushtirilgan reyd va qator jurnalist hamda blogerlarga qarshi jinoyat ishi fonida yuz bermoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bloger Abduqodir Mo‘minovning hibsga olinganini tasdiqladi. Boshqarma rasmiy bayonotida aytilishicha u "firibgarlik" va "tovlamachilik"da gumon qilinmoqda. 8-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan "Ko‘zgu" loyihasi muallifi Abduqodir Mo‘minovning bedarak ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Yaqinlari Ozodlikka uning Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi uyida fuqaro kiyimidagi xodimlar tintuv o‘tkazishganini aytishgan.

Blogerning onasi Sabohat Abdullayeva bunday degan:

“Ertalab soat 6 larda Abduqodir mashinasiga benzin solgani chiqib ketgan, shu bo‘yi g‘oyib bo‘lgan. Qayerdaligini bilmaymiz. Telefon qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. U ketganidan sal vaqt o‘tib noma’lum odamlar uyni eshigini taqillatishgan. Kelinim uyda bo‘lgan, qo‘rqib eshikni ochmagan. Keyin haligi odamlar eshikni kalit bilan ochib kirib kelishgan. Mana order deb, tintuv o‘tkazgan, kompyuterlarini olib ketgan. Kelinim Abduqodir qayerda deb so‘rasa bilmaymiz deyishgan. Yo‘qolganiga hozir 12 soat bo‘lyapti, qayerdaligini bilmaymiz. Ichki ishlar ma’lumot bermayapti”, - deydi Sabohat Abdullayeva Ozodlik bilan suhbatda.

Abduqodir Mo‘minovning hibsga olinishi Human.uz nashrining Toshkentdagi idorasiga uyushtirilgan reyd va qator jurnalist hamda blogerlarga qarshi jinoyat ishi fonida yuz bermoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bayonotida aytilishicha, Mo‘minovga nisbatan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”), 165-moddasi (“Tovlamachilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.Mo‘minov protsessual tartibda ushlangan.

"Mo‘minov 2021-yilning oktabr oyida tanqidiy videolavhalar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali fuqaro E.Z.ning ukasi D.Yu.ning nomiga rasmiylashtirilgan MChJ bilan bog‘liq holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov bo‘limi ish yurituvidagi jinoyat ishini ijobiy hal etishga IIB xodimlarini go‘yoki majbur qila olishini aytib, shu orqali E.Z.ning ishonchiga kirib, o‘zining xizmatlari uchun jami 10.000 (o‘n ming) AQSh dollarini so‘rab, shundan 3.800 (uch ming) AQSh dollarini oldindan olgan. Lekin u bergan va’dasini bajarmay, olgan pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, 2021-yilning oktabr oyida A.Mo‘minov Jizzax viloyatida fuqaro A.T. bilan uchrashib, uning rahbarligi ostidagi tashkilot to‘g‘risida salbiy yo‘sinda videolavha tayyorlaganini, ushbu materialni o‘zining “Ko‘zgu” nomli ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali tarqatadigan bo‘lsa, tashkilot rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olinishini aytib, A.T.ni o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib, A.T.dan ushbu ma’lumotlarni sir saqlashi uchun 70.000 AQSh dollari so‘ragan.

Fuqaro A.T. o‘z ko‘rsatuvlarining tasdig‘i sifatida A.Mo‘minov bilan o‘rtasidagi so‘zlashuvlar audioyozuvini taqdim etgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan", - deyiladi IIBB bildiruvida.

Jurnalistga hujum

Mo‘minov o‘tgan yil 23-dekabr kuni Toshkentda noma’lum shaxslar hujumiga uchragandi. Ozodlik bilan suhbatda u “hayotiga suiqasd qilingani”ni iddao qilgan. Huquq-tartibot idoralari blogerga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qilgan. Bu ish tafsilotlari hozirga qadar jamoatchilikka ochiqlanmagan.

Тошкентда ўзбекистонлик таниқли блогер калтаклаб кетилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:31 0:00

Abduqodir Mo‘minovning onasi o‘g‘lining g‘oyib bo‘lishi va uyida tintuv o‘tkazilishi uning blogerlik faoliyati bilan bog‘liq ekanini aytadi.

“Keskin chiqishlar qilardi, ba’zida achchiq gaplarni aytardi shuning uchun bo‘lsa kerak-da. Hayotida o‘g‘rilik qilmagan, yo birovni haqini yemagan, qalbi pok bola”, - deydi blogerning onasi Sabohat Abdullayeva.

27-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati, Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev va yana bir necha jurnalistni qo‘lga olganini ma’lum qilgandi.

Keyinchalik hibsga olinganlar orasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva ham borligi ma’lum bo‘ldi.

"Prezident kuyovlari ishi bo‘yicha surishtiruv olib borayotgandi"

Abduqodir Mo‘minovni yaqindan biladigan hamkasbi, bloger Asliddin Kamol do‘stining g‘oyib bo‘lishini uning "prezident kuyovlari ishi bo‘yicha olib borayotgan surishtiruvi" bilan bog‘laydi.

“Abduqodir prezident kuyovlarining biznesi bo‘yicha jurnalistik surishtiruv o‘tkazayotgandi. Dekabr oyida ketidan odamlar tushib, urib ketishdi. Lekin ishini to‘xtatmadi. G‘oyib bo‘lishidan ikki kun oldin yana o‘sha odamlar tahdid qilgan.

Hozir mutlaqo qonunsizlik bo‘lyapti. Bir hafta oldin Human.uz sayti jurnalistlari hibsga olinganida qo‘qqisdan bostirib kirib, tintuv qilib, olib ketishgan, hozir ham shunday bo‘lyapti. "Vahshiy jinoyatchi"bo‘lgan taqdirda ham oilasiga qayerda ekani haqida xabar berilishi kerak. Abduqodirni qayedaligini bilolmayapmiz”, - deydi Asliddin Kamol.

Shu kunga qadar, AOKA - O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi - huquqni muhofaza qiluvchi organlarni Human.uz internet-nashri xodimlari bilan bog‘liq vaziyatda amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilish hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga chaqirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ham Human.uz internet nashri jurnalistlarining qo‘lga olinishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi.

XS
SM
MD
LG