Линклар

Шошилинч хабар
28 декабр 2024, Тошкент вақти: 00:49

Ketish yo qolish? Rubl qadrsizlanishi ortidan migrantlarning daromadlari tushib ketdi


Moskva bozoridagi mehnat muhojirlari. 29-iyun, 2021-yil.
Moskva bozoridagi mehnat muhojirlari. 29-iyun, 2021-yil.

O‘zbekiston valyuta birjalarida dollar qiymati o‘tgan hafta qariyb 3 foizga oshdi, buning sababini markaziy bank “[O‘zbekistonning] asosiy savdo hamkorlari valyutalarining sezilarli darajada qadrsizlanishi” bilan izohladi.

O‘zbek so‘mi “yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi”, deb ancha optimistik bashorat qildi Markaziy bank.

Qirg‘izistonlik 64 yoshli Bakitbek Usmanov 15 yildan beri Rossiyada ishlaydi.

O‘tgan 12 oy ichida rubl qirg‘iz so‘miga nisbatan 28 foizga qadrsizlandi, bu yozda qadrsizlanish tezlashgan.

Bu Usmonov uchun katta muammo, chunki u Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahridagi uyi uchun so‘mlik ipotekani to‘lashi kerak.

“Men [kuniga] 15 soat ishlashim va boshqa ish ham qidirishim kerak. Balki qurilishda to‘rt-besh soat ishlab, keyin yana taksichilik qilarman”,- deydi u Ozodlik radiosining "Migrant media" loyihasiga.

“Tungi 11-12 gacha ishlaysiz. Uyqu tortsa, yuzni sovuq suv bilan yuvib, ishni davom ettirasiz. Men nima qilishim mumkin; Ipotekam bor”, -deydi Usmonov qirg‘iz banklari tez orada Rossiyada ishlayotgan muhojirlar uchun qarz muddatini uzaytirishiga umid qilib.

Rubl kursi bu hafta Rossiya markaziy banki favqulodda foiz stavkalarini ko‘tarishi ortidan bir dollarga 100 rubllik chegaradan pastga tushganidan keyin birinchi marta jonlandi.

Россияда иш ҳақини ололмаган мигрантлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:58 0:00

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun rubl mintaqaning Moskva bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi va Rossiyada daromad olayotgan millionlab muhojirlar tufayli katta ahamiyatga ega.

Ammo valyuta qisqa muddatda pastlab, so‘ng bir dollar uchun 93 rubl atrofida barqarorlashgan bo‘lsa ham, uning uzoq muddatli kelajagi Rossiyadagi inqirozlarga sezgir bo‘lgan mintaqa uchun asosiy tashvish bo‘lib qolmoqda.

Ayni paytda, arzon rubl allaqachon Markaziy Osiyo iqtisodiga zarar yetkaza boshlagan va mintaqaga yuboriladigan pul miqdori sezilarli kamaytirmoqda.

O‘tgan yil oxiridan beri bir necha oy davom etgan Rossiya valyutasi qadrsizlanishi qisman hukumatning Ukrainadagi urushga sarflagan xarajatlari bilan bog‘liq.

Rublning bu qadrsizlanishidagi e’tiborli jihat shundaki, u an’anaviy ravishda valyutaning tiklanishiga yordam beradigan neft narxlari ko‘tarilgan vaqtda kuzatilmoqda.

15-avgust kuni Rossiya Markaziy banki bazaviy stavkani 3,5 foizga oshirib, 12 foizga yetkazdi va bu rublning cho‘kishini to‘xtatishga yordam berdi.

Ammo Moskva Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan keyingi dastlabki hafta va oylarda bo‘lgani kabi, yetarlicha tiklanmadi.

Qattiq kapital nazorati va Rossiya eksport narxlarining yuqoriligi tufayli rublning bir kechada erkin qulashdan dunyoning eng samarali valyutasiga aylanib oladigan kunlar ortda qolgan ko‘rinadi.

Haqiqatan ham, rubl shunchalik arzonki, oqibatda qo‘shni davlatlar Rossiyadan import oqimi ko‘payishi va ayni paytda o‘z valyutalari ham unga ergashib qadrsizlanishi o‘rtasida siyosiy chigal vaziyatda qolgan.

Tenge rublga juda yaqindan ergashib bormoqda

Neftga boy Qozog‘iston tengesi 16-17-avgust kunlari 6 foizga qadrsizlandi, deb xabar qildi Ozodlik radiosining qozoq xizmati. 17-avgust kuni valyuta bozorlarida bir dollar 467 tengega yetdi.

Qozog‘iston Rossiya hukmronlik qiladigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi va Moskva kabi Ostonaning rivojlanish istiqbollari energiya eksporti narxlari bilan bog‘liq.

Ammo o‘tgan yili tenge rubldan “muvaffaqiyatli ajraldi”, deb yozadi Telegram iqtisodiy kanali Tengenomika. Chunki Rossiyaning Qozog‘iston importidagi ulushi 2021-yildagi 40 foizdan 2022-yilda 26,7 foizga qisqardi.

Bu qancha davom etishi noma’lum.

Qozog‘istonlik siyosiy sharhlovchi Serik Belgibay shu hafta Facebook’dagi postida rublь Qozog‘iston iqtisodini “ko‘mib tashlayotgani” va mamlakatga “ikki yomon variant” qolayotganidan norozilik bildirgandi.

“Hamma narsani avvalgidek qoldirishingiz mumkin. Keyin arzon rubl asta-sekin mahalliy ishlab chiqarishni o‘ldiradi. Yoki [biz] tengening bir rubl uchun besh tengegacha devalvatsiyasiga qo‘yib berishimiz mumkin”, - deydi Belgibay.

Рублнинг қадрсизланиши мигрантларга қандай таъсир қилди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:30 0:00

Muhojirlar uchun qaror qabul qilish vaqti?

Qashshoqlashgan Tojikiston va Qirg‘izistonda yoz boshidan buyon milliy valyutalar dollarga nisbatan 1 foizdan kam qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, rublga nisbatan taxminan 14 foizga qimmatlashgan.

Ammo Rossiyadan pul o‘tkazmalari yalpi ichki mahsulotining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan bu ikki davlatdagi ko‘plab oilalar uchun rublning zaiflashishi xatarli.

Rossiyaning “Vedomosti” ishbilarmonlik gazetasi 15-avgust kuni o‘zbek diasporasi yetakchilari bilan suhbatlarga asoslanib, agar rubl tez orada qaddini rostlamasa, Rossiyadan muhojirlarning ommaviy chiqib ketishi muqarrarligini taxmin qildi.

Nashr asosan o‘zbeklardan iborat 23 ming muhojir o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn so‘rovda ularning yarmidan ko‘pi o‘z yurtiga qaytish haqida o‘ylayotganini aytgan

Oxirgi yillarda Rossiyada ishlayotgan markaziy osiyoliklar uchun noxush hodisalar yuz berdi.

Pandemiya sababli ishdan bo‘shatishlar oqibatida o‘n minglab muhojir ish joyi tanqis vatanlariga qaytishdi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyingi haftalarda bir dollar 150 rublga tushib ketgach, valyuta urushdan oldingi darajasidan ancha yuqoriga ko‘tarildi – bir dollar uchun 75 atrofida bo‘lib, 2022-yil iyun oyida 52 dan sal yuqori cho‘qqiga chiqdi.

Bu Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlarning urush boshlanishidagi bashoratlarini yo‘qqa chiqarib, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun rekord miqdordagi pul o‘tkazmalariga sababchi bo‘ldi.

Ammo 2023-yilda voqealar boshqacha bo‘lishi mumkin.

Markaziy Osiyodagi barcha markaziy banklar pul o‘tkazmalari bo‘yicha muntazam ma’lumot e’lon qilmasa ham, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqadagi oilalar hozir xorijdagi qarindoshlaridan o‘tgan yilgiga qaraganda ancha kam mablag‘ olmoqda.

Masalan, joriy oy Qirg‘iziston Markaziy banki 2023-yil iyun oyida bergan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘izistonga xorijiy davlatlardan 163,5 million dollar o‘tkazilgan, ularning 90 foizdan ortig‘i Rossiyadan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil shu oyida e’lon qilingan ko‘rsatkichning yarmidan sal ko‘proq, shuningdek, 2021 (266,9 million dollar), 2020 (277,9 million dollar) va 2019- (191,6 million dollar) yillardagidan sezilarli darajada kamdir.

XS
SM
MD
LG