Линклар

 
Abduqodir Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:39

Abduqodir Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi


O‘zbekiston milliy jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” klubi muxlislari versiyasiga ko‘ra, fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.

G‘olib muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq ovoz berish orqali aniqlangan. Husanov rekord darajada ko‘p ovoz to‘plab, Erling Xoland va Yoshko Gvardiolani ortda qoldirgan.

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni munosib mukofot bilan tabriklab, muxlislarga ovoz berishdagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.

21 yoshli futbolchi “Manchester Siti” safiga 2025-yilning yanvar oyida qo‘shilgan bo‘lib, 2029-yilning yozigacha shartnoma imzolagan. U fevral oyida jamoa uchun beshta uchrashuvda maydonga tushib, Angliya Kubogida “Plimut Argayl”ga qarshi o‘yinda gol urgan. Shuningdek, u Premer-ligada “Nyukasl”, “Liverpul” va “Tottenxem”ga qarshi o‘yinlarda to‘p tepdi.

Ingliz klubi iste’dodli himoyachini Fransiyaning “Lans” jamoasidan 40 million yevroga sotib olgan. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana ortishi aytilgan.

Abduqodir Husanov futbolchilik faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” klubi akademiyasida boshlagan. 2022-yilda Belarusning “Energetik-BGU” klubiga o‘tgan. 2023-yildan esa “Lans” jamoasi sharafini himoya qilib kelgan.

XS
SM
MD
LG