Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:53

Abxaziya lideri Aslan Bjaniya iste’foga chiqdi


Aslan Bjaniya
Aslan Bjaniya

O‘zini Gruziyadan mustaqil deb e’lon qilib olgan Abxaziya respublikasi prezidenti Aslan Bjaniya muxolifat bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvga muvofiq holda iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda Bjaniyaning matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi. Ozodlikning “Exo Kavkaza” loyihasi xabariga ko‘ra, hukumat rahbari Aleksandr Ankvab ham lavozimdan ketgan.

Tomonlar tarafidan imzolangan kelishuvga muvofiq, Bjaniya iste’foga chiqadi, muxolifat tarafdorlari esa norozilik namoyishlari chog‘ida o‘zlari egallab olgan hukumat binolarini tark etishadi. Kelishuvning bu bandi bajarilmagan taqdirda, Bjaniya iste’foga oid bayonotini qaytarib oladi.

Abxaziya parlamenti Bjaniyaning iste’foga oid arizasini 19-noyabr kuni ko‘rib chiqadi. Davlat rahbari vazifasini vaqtincha vitse-prezident Badra Gunba bajarib turadi. Bosh vazir lavozimiga Abxaziya parlamentining sobiq raisi Valeriy Bganba tayinlanadi.

Bjaniyani iste’foga chiqishga muxolifat majbur qilgan. 15-noyabr kuni Suxumida Rossiya bilan Abxaziya o‘rtasida tuzilgan “investitsiya shartnomasiga qarshi chiqqan namoyish ishtirokchilari hukumat binolari majmuasi atrofidagi devorning bir qismini buzib tashlashgan va parlament binosi oldidagi hududga, keyin esa Abxaziya parlamenti va prezident ma’muriyati binosiga kirib olishgan.

Abxaziya rasmiylari Rossiya bilan tuzilgan shartnomani mahalliy iqtisodiyot uchun turtki o‘laroq ko‘rishmoqda. Muxolifat esa buni Abxaziya “manfaatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish” deb hisoblaydi.

Ayni paytda muxolifat liderlari norozilik chiqishlari Rossiyaga qarshi emas, Bjaniya siyosatiga qarshi ekanini bir necha bor ta’kidlashgan. UlarRossiyani “strategik hamkor” va “xavfsizlikning yagona kafolatchisi” deb atashgan.

Norozilar rasmiylarning aksilrossiya kayfiyatiga oid ayblovlariga javoban Rossiya bayroqlarini hilpiratishib, “Rossiya!” deya hayqirishgan.

Norozilik namoyishlari manzarasida parlament Moskva bilan investitsion shartnomani ratifikatsiya qilish masalasi bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilishi lozim bo‘lgan sessiyani bekor qilgan, prezident ma’muriyati esa uni chaqirib olishni va’da qilgan.

Abxaziyada prezidentlar muxolifatning norozilik chiqishlari tufayli ikki marta muddatidan ilgari iste’foga ketishgan. 2014-yilning 1-iyunida Aleksandr Ankvab prezidentlik lavozimidan iste’fo bergan. O‘sha paytdagi noroziliklarga respublikaning sharqiy hududlaridagi gruzin millatiga mansub kishilarga Abxaziya pasporti berilishi sabab bo‘lgan edi.

2020-yil 12-yanvarida Abxaziya Oliy sudi 2019-yilgi prezident saylovi natijalarini bekor qilganidan keyin Raul Xajimba iste’foga chiqqan edi. O‘shanda Aslan Bjaniya sog‘lig‘idagi muammolar tufayli prezident saylovida ishtirok etolmagandi (Bjaniyaning tarafdorlari siyosatchi zaharlangan, deb hisoblashadi)

XS
SM
MD
LG