Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:00

Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistonda tibbiyotdan ta’lim oladi


O‘zbekiston Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatarning Education Above Al fondi rahbari Fahad as-Sulaitiy bilan, Doxa, 2024-yil 9'sentyabri
O‘zbekiston Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatarning Education Above Al fondi rahbari Fahad as-Sulaitiy bilan, Doxa, 2024-yil 9'sentyabri

Qatar poytaxti Dohada 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qatarning “Ta’lim har narsadan ustun” (Education Above Al) fondi o‘rtasida afg‘on ayollarini O‘zbekistonda tibbiyot sohasida o‘qitishni tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolangan.

Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur kelishuv doirasida 160 nafar afg‘on ayolini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish rejalangan.

O‘zbekiston hukumati portali qaydicha, loyihaga doir xarajatlarning katta qismini Qatar tomoni o‘z zimmasiga olgan – imzolangan memorandumga muvofiq, Education Above Al fondi afg‘on ayollarini o‘qitish, turarjoy bilan ta’minlash va boshqa zarur xarajatlar uchun 2,2 million dollar miqdorida moliyaviy yordam ajratishi ko‘zda tutilgan.

“Mazkur memorandumning imzolanishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro ta’lim va tibbiyot sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu tashabbus O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etadi”, deyilgan xabarnomada.

“Tolibon” shakllantirgan hukumat 2022-yil dekabrida Afg‘onistonda universitetlarga kirib bo‘lgan tolibalarning OTMga borishini taqiqlab qo‘ygan edi. O‘sha paytda toliblar ayollarning mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan 180 ta nohukumat tashkilotida ishlashini ham man qilib qo‘yishgan. Mazkur taqiq ortidan BMT Afg‘onistondagi gumanitar dasturlarining bir qismini to‘xtatgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2023-yil yanvarida Afg‘onistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishiga taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirar ekan, bu ma’lumotni chuqur tashvish bilan qabul qilganini urg‘ulagan edi.

Afg‘on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz”, deyilgandi vazirlik bayonotida.

XS
SM
MD
LG