Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:49

Afg‘onistonlik jurnalist ayol Rossiyadan o‘zi uchun o‘lim xavfi bo‘lgan Kobulga uchib ketdi


Kubro Hasaniy
Kubro Hasaniy

Afg‘onistonlik jurnalist ayol Kubro Hasaniy Rossiyadan o‘zi uchun o‘lim tahdidi bo‘lgan vataniga uchib ketgan. Bu haqda “Fontanka” nashri Hasaniyning advokatlaridan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Advokatlariga ko‘ra, afg‘on diasporasi jurnalist ayolga xavfsiz mamlakatga uchib ketishda yordam qilishga uringan. Bu borada tanlov imkoniyati ko‘p (Albaniyadan Germaniyagacha) bo‘lgan: biroq ular sa’y-harakat, vaqt va pul talab qilgan. Rossiya ayolga siyosiy boshpana berishdan bosh tortgan.

Hasaniyning advokatlaridan biri fikricha, “uning bundan buyon Rossiyada qolishga kuchi qolmagan” va u, xavf-xatarga qaramay, o‘zi uchun Afg‘onistonga qaytishdan boshqa real yo‘l ko‘rmagan.

Kubro Hasaniy 2021-yili hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” harakatiga qarshi ochiq chiqishlar qilgani uchun Afg‘onistonda jurnalist ayolga nisbatan o‘lim xavfi mavjud. U toliblar Kobulni egallab olgani ortidan Afg‘onistondan qochib chiqqan edi.

2022-yilning may oyida jurnalist ayol 12 nafar hamyurti bilan Rossiyadan Germaniyaga noqonuniy chiqib ketishga uringan paytda qo‘lga olingan. 2024-yil fevralida Peterburg sudi ularni aybdor deb topgan va tergov hibsxonasida o‘tkazilgan kunlar hisobidan ularni ozod qilgan. Shuning ertasiga sud Hasaniyni Rossiyadan badarg‘a qilishga oid qarorni bekor qilgan. Sud deportatsiya jurnalist ayol huquq va erkinliklarini buzadi, degan qarorga kelgan.

Kubro Hasaniy Afg‘onistonda bo‘lgan paytda Turkiyaning Anadolu axborot agentligi hamda AQSHning National Public Radio news radiosi bilan hamkorlik qilgan, bundan tashqari, u televideniyeda, xususan Afganistan Youth TV telekanalida faoliyat yuritgan.

XS
SM
MD
LG