Линклар

 
Aholi kommunal xizmatlar qimmatlaganidan tashvishda
Шошилинч хабар
28 апрел 2025, Тошкент вақти: 13:56

Aholi kommunal xizmatlar qimmatlaganidan tashvishda


O‘zbekiston Markaziy banki joriy yil yanvar oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi bo‘yicha ma’lumot yoyinladi.

O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, yanvar oyi mobaynida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oygi darajasida saqlanib qolgan va 14,7 foizni tashkil etgan.

So‘rovnomada qatnashgan aholi va biznes vakillarining 57 foizi kelgusida narx oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy xavotirli omil sifatida kommunal xizmatlar tariflarini ko‘rsatgan.

Hududlar kesimida o‘tgan oyda eng yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi Sirdaryo viloyatida (16,8 foiz), eng past sezilgan inflyatsiya darajasi esa Navoiy viloyatida (12,6 foiz) qayd etilgan.

Oy davomida narxi o‘sishi eng ko‘p sezilgan mahsulotlar go‘sht va tabiiy sut, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘lgan. Respondentlarning 41 foizi mazkur tovarlar narxida keskin o‘sish sezilganini aytgan.

Yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi davlat tashkiloti va tibbiyot sohalari vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyatsiya maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etilgan.

Statistika agentligi qaydicha, 2024-yili O‘zbekistonda yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 9,8 foizni tashkil qilgan. Bu 2023-yildagi ko‘rsatkichdan 1,03 foizga ko‘pdir.

Hukumat 2030-yilda inflyatsiya darajasini 5-6 foizga tushirish rejasini e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG