Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Alisher Usmonov Germaniyadagi bank bilan sudlashmoqda


Alisher Usmonov
Alisher Usmonov

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov UBS Europe SE (sobiq UBS Deutschland AG) banki ustidan Frankfurt sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda “Kommersant’” nashri tadbirkorning advokati Shtefani Rabenaudan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Da’vogar 2018-2022-yillarda bank go‘yo Usmonov tomonidan amalga oshirilgan shubhali moliyaviy operatsiyalar haqida Germaniyaning moliyaviy rasmiylariga “bir qator asossiz bildirishnomalar” yo‘llagan, deb hisoblaydi. Bu esa “unga qarshi siyosiy sabablarga ko‘ra tekshiruvlar” boshlanishiga sabab bo‘lgan.

Ayni paytda bank o‘z shubhalarini tasdiqlovchi hech qanaqa fakt ko‘rsatgan emas”, deya qayd etgan Usmonovning advokati.

Avvalroq Hamburgdagi sud Tegernseer Stimme gazetasiga USM Holdings shirkati asoschisi Alisher Usmonov Bavariyadagi villa egasi ekani haqida ma’lumot tarqatishni taqiqlash haqida qaror chiqargani haqida xabar berilgan edi.

Usmonovning advokatlari 2017-yildagi maqola uchun gazetani sudga berishgan. O‘sha maqolada tadbirkor “gap-so‘zlarga ko‘ra” Tegernze ko‘li yaqinidagi “ulkan villaga qariyb bir yil davomida egalik qilgan”i iddao qilingan edi.

2024-yil yanvarida Hamburg sudi Alisher Usmonovning Forbes jurnaliga qarshi kiritgan da’vo arizasini qanoatlantirgan. Nashr tomonidan yoyinlangan anonim ekspertning tadbirkor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “gumashtasi o‘laroq faoliyat olib borgan”iga oid so‘zlari ishonchsiz deb topilgan. Forbes jurnalining Alisher Usmonov “Myunxenda ko‘chmas mulkka ega”ligiga oid iddaosi bo‘yicha ham sud xuddi shunday qaror chiqargan. Sud nashrga haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan iddaolarni yoyinlashni taqiqlab, taqiq buzilgan taqdirda 250 ming yevrogacha jarima bilan tahdid qilgan.

2023-yil avgustida Alisher Usmonov Avstriyaning Kurier gazetasiga qarshi sudda yutib chiqqan edi. Da’vo arizasi kiritilishiga nashrning tadbirkor haqida Vladimir Putinning “sevikli oligarxi obro‘-e’tiboridan foydalanmoqda” deb yozgani sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG