Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:14

Andijonlik fermerlar Prezident tugatilishini aytgan tashkilotga pul o‘tkazishga majburlanyapti


Fermerlarga mineral o‘g‘it sotilishi xususiy sektorga o‘tkazilishi haqida prezident Mirziyoyev 25 kungi selektor yig‘ilishida gapirgan edi.
Fermerlarga mineral o‘g‘it sotilishi xususiy sektorga o‘tkazilishi haqida prezident Mirziyoyev 25 kungi selektor yig‘ilishida gapirgan edi.

Andijon viloyatidagi fermerlarning Ozodlikka aytishicha, ularni prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan tugatilayotgan “O‘zagrokimyohimoya” tashkilotiga mineral o‘g‘it uchun pul o‘tkazishga hokimlar majburlamoqda.

Fermerlar “O‘zagrokimyohimoya” ular bilan tuzilgan shartnomani bajarmayotgani, mineral o‘g‘itni yetkazib berolmayotgani, buning ustiga dorilar narxi ancha qimmat ekanligini aytmoqda.

“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati mulozimi, jamiyat tugatilayotganini tasdiqladi, ammo mineral o‘g‘it uchun majburiy pul o‘tkazdirish mahalliy hokimlarning tashabbusi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Prezident Mirziyoyev 25 - may kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining tugatilishi haqida gapirgan edi.

Andijon tumanidan bir guruh fermerlarning Ozodlikka yozishicha, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Ismatullayev fermerlarni imtiyozli kredit hisobidan “O‘zagrokimyohimoya”ga pul o‘tkazishga majburlamoqda:

”Har kuni shu ahvol, oxiri bormikin, ertalabdan majburiy imtiyozli kredit hisobidan tugatilgan tashkilot -ximiyaga majburlab pul o‘tkazdiryapti. Bezillativordi fermerlarni, o‘g‘itini vaqtida bermaydigan tugatilgan tashkilotga majburlab, bosim bilan pul o‘tkazishasan deb minishib olgan. Fermerlar qachon o‘z mablag‘ini erkin ishlatadi? Rustam Ismatullayev degan hokim o‘rinbosarining ximiyadan moddiy manfaati bormi yoki? Prezidentimiz taqiqlagan ertalabki selektorlar qachon to‘xtatiladi?”

Andijon tumanidan yozilgan bu shikoyatda keltirilgan iddaolarni Paxtaobod tumanidagi «Muhammadzohid» fermer xo‘jaligi rahbari Ahmadullo Abdullayev ham aytdi:

Aslida tekinxo‘r tashkilot bu, prezidentimiz uni tugatib to‘g‘ri qaror qildi

"Masalan mening “O‘zagrokimyohimoya”dan hech qanday qarzim yo‘q, bundan tashqari yana 6 tonna o‘g‘itga pul o‘tkazib qo‘yganman. Yana hokimiyatga chaqirtirib imtiyozli kredit hisobidan pul o‘tkazasan deb majburlashyapti. Keling mana endi bu tashkilotning ishini analiz qilib ko‘raylik. Birinchidan, selitraning bir tonnasini birjadan o‘zimiz oladigan bo‘lsak 1 million 600 ming so‘mga olamiz, “O‘zagrokimyohimoya”dan esa 2 million 300 ming so‘mga olamiz. Farqning qancha katta ekanligini ko‘ryapsizmi Ikkinchidan, “O‘zagrokimyohimoya” 19 foiz mahsulotning ustiga qo‘yadi. Shartnomaga ko‘ra tashkilot mineral o‘g‘itni fermer dalasigacha yetkazib berishi kerak. Hech qachon bunday bo‘lmagan. O‘zimiz omborga borib, moshina topib, pul berib yuklatib olib kelamiz. Aslida, birjadan o‘zimiz sotib olsak, ancha arzonga tushadi. Aslida tekinxo‘r tashkilot bu, prezidentimiz uni tugatib to‘g‘ri qaror qildi, lekin tugatilayotgan tashkilotga pul o‘tkazish ortidan kimlar foyda ko‘rishini tushunolmayapman”.

Ismi sir qolishini so‘ragan paxtaobodlik boshqa fermer ham “O‘zagrokimyohimoya” dehqonlarni o‘z vaqtida dori bilan ta’minlay olmayotganini aytdi:

500 kilo ularning harom haqqi.

“Masalan, oddiy selitrani o‘z vaqtida yetkazib berolmaydi. Menga hozir 200 qop kerak, lekin borsam mana sizga 30 qop qolganiga boshqa kuni keling, deydi. Hozir esa ayni paxtaga dori beradigan payt, keyin kech bo‘ladi. Ularga esa farqi yo‘q. Bundan tashqari, masalan o‘n tonna oladigan bo‘lsam, nakladnoyga o‘n tonnayu 500 kilo deb yozishadi. 500 kilo ularning harom haqqi. Bermasangiz erta kel, indin kel deb sarson qiladi.

Ismi sir qolishini so‘ragan izboskanlik fermerning iddao qilishicha, tugatilayotgan tashkilotga pul o‘tkazdirish buyrug‘i tepadan kelgan:

Bo‘lmasa, kelajagi yo‘q tashkilotga ham pul o‘tkaziladimi? Bu jinnilikku!

“Prezidentimiz selektorda aytdi, dori tarqatish xususiy sektorga beriladi deb. Hademay qaror ham chiqadi. Lekin bunga hali olinmgan dori uchun pul o‘tkazish topshirig‘i o‘sha yuqoridan, Toshkentdan kelgan. Bo‘lmasa, kelajagi yo‘q tashkilotga ham pul o‘tkaziladimi? Bu jinnilikku! Demak qaysi rahbarnidir manfaati bor. Ertaga tashkilot tugatiladi, shu bilan it egasini tanimaydi, fermerning puli ham yo‘q bo‘lib ketadi. Bizning fermerlar esa qo‘l siltab qo‘yaveradi, hech kim talashib tortishmaydi, o‘rganib qolishgan”.

Ozodlik bu masalaga munosabat olish uchun Andijon viloyati hokimligi bilan bog‘landi. Telefon go‘shagini ko‘targan mulozim Ozodlik radiosidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini eshitganidan so‘ng, aloqani uzib qo‘ydi.

Respublika “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlik bilan suhbatda tashkilotning tugatilayotganini tan oldi, ammo pul o‘tkazishga majburlash taklifi ulardan chiqmaganini aytdi:

“Jamiyatning tugatilishi haqida qaror loyihasi tayyorlanyapti, lekin hozircha ishlab turibdi. Pul o‘tkazilishi masalasiga kelsak, agar o‘g‘it kerak bo‘lsa, o‘tkazayotgandir, buni mahalliy hokimlar qilishayotgandir. Ammo bizdan pul o‘tkazinglar degan topshiriq bo‘lmagan”.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining tugatilishi haqida 25 - may kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida bunday degan:

“Mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida to‘liq xususiy sektorga beriladi”, degan edi prezident.

XS
SM
MD
LG