Falastinning HAMAS radikal guruhi (AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqida terror tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan) BMT tomonidan taklif etilgan G‘azo sektorida Isroil bilan urushni tugatish rejasiga rozilik bildirdi. Reuters agentligining HAMAS yuqori lavozimli vakili bayonotiga tayangan holda xabar qilishicha, jangarilar BMT tomonidan taklif etilgan reja tafsilotlarini muhokama qilishga hozir.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bu yangilikni “umid beruvchi belgi” deb atadi.
Qatarlik va misrlik vositachilar BMT dastaklagan tinchlik taklifiga HAMASdan rasmiy javob olganlarini bildirishgan. Vositachilarga ko‘ra, HAMAS va uning “Islomiy jihod” guruhidan bo‘lgan falastinlik ittifoqchilari 11-iyundagi qo‘shma bayonotlarida G‘azoda urushni tugatishga oid “ijobiy kelishuvlarga erishish uchun tayyor” ekanlarini bildirishgan.
Shunga qaramay, Isroil ham, HAMAS ham reja ularning “o‘zaro to‘qnash kelayotgan” manfaatlariga mos kelishini qayd etgan holda, bu reja maqsadlariga erishish mumkinligi yuzasidan shubha bildirganlar.
“HAMAS bayonotida uning pozitsiyasi Falastin xalqiga qarshi “sionistik agressiya”ni tugatish va Isroil kuchlarining sektordan olib chiqib ketilishini ta’minlash, G‘azoni qayta tiklash va jiddiy asir almashuvi bo‘yicha kelishuvga erishishga qaratilgani tasdiqlagan”, degan HAMAS rasmiy vakili Reuters agentligiga.
“G‘azoni urushdan keyin tiklash rejalari bo‘yicha muhokama yana bir necha kun davom etadi”, deya bildirgan AQSH Davlat kotibi Blinken Isroil rahbariyati bilan Tel-Avivda o‘tkazilgan muzokaralardan keyin.
11-iyun kuni Blinken Isroil rasmiylari bilan uchrashgan. Tomonlar HAMAS guruhiga qarata Isroil tarafidan berilayotgan havo va yer zarbalarini to‘xtatish imkoniyatini muhokama qilishgan.