Линклар

 
AQSH Davlat kotibi Rossiya bilan hamkorlikka umid bildirdi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:07

AQSH Davlat kotibi Rossiya bilan hamkorlikka umid bildirdi


AQSH Davlat kotibi Marko Rubio
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning o‘z mamlakatini NATOga qabul qilish rad etilgan taqdirda unga yadroviy qurol berish talabini realistik, deb o‘ylamaydi.

Rubio Zelenskiyning taklifini “jiddiy” deb hisoblamaydi va “yadroviy qurolga ega bo‘lish muammoning yechimi emas”, deb o‘ylaydi.

AQSH Davlat kotibining bu gaplari uning AQSHdagi Breitbart o‘ngchi-populistik portaliga bergan va 25-fevral kuni yoyinlangan intervyusidan o‘rin olgan.

Rubio o‘z so‘zida yadroviy davlatlar soni ko‘p emas, aksincha kamroq bo‘lishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti britaniyalik jurnalist Pirs Morganga intervyu berib, Ukraina xavfsizligi uchun yetarli kafolat g‘arb hamkorlari tomonidan mamlakatga yadroviy qurol berilishi bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi. Zelenskiy qaydicha, bu − hatto Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qabul qilinmagan taqdirda ham − Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yangi hujumdan tiyib turish imkonini bergan bo‘lardi.

Breitbart portaliga bergan intervyusida Rossiya bilan hamkorlikka umid bildirgan Rubio AQSH bilan SSSR o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga ham murojaat qilgan. Jumladan, u sovuq urush avjiga chiqqan pallada ham “Sovet Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar o‘zaro aloqaga ega” bo‘lganini aytgan.

Biz haliyam muloqot qilayotgan edik. Xudoga shukurki, biz, masalan, [Kuba] raketa buhroni paytida ham muloqot qilganmiz”, degan AQSH Davlat kotibi.

Marko Rubio o‘z so‘zida davom etib, “Biz birgalikda geosiyosiy yoki balki, iqtisodiy jabhada ishlashimiz mumkin bo‘lgan narsalar bormi?” deya savol tashlagan. U Vashington bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqalar qayta boshlanishi istiqbolini eslatgan.

Biroq, AQSH Davlat kotibi fikricha, hozirgi paytda “bu urushni hech bo‘lmaganda mustahkam otashkesimgacha olib borish” yoki “to‘la tugatish” ustuvor vazifa bo‘lib hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG