Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 12:08

AQSH eronlik generalni jurnalist ayolni o‘ldirishga uringanlikda aybladi


Masih Alinajot
Masih Alinajot

Nyu-Yorkda federal prokurorlar Eronning Islom inqilob posbonlari korpusi (IIPK) yuqori lavozimli amaldoriga 2022-yilda Bruklinda eronlik dissident ayol, “Amerika ovozi” fors xizmati boshlovchisi Masih Alinajotni o‘ldirish maqsadida til biriktiruvga aloqadorlik ayblovini e’lon qilishdi. Bunga oid yangi ayblov xulosasi 22-oktyabr kuni ochiqlangan. Qotillik uchun odam yollash va pul yuvishni uyushtirishga oid ayblov Ruhulloh Bozgandiy va eronlik yana uch fuqaroga nisbatan e’lon qilingan.

Ayblov xulosasida Bozgandiy IIPKning brigada generali ekani aytilgan. O‘tgan yili AQSH Moliya vazirligi uni kontrrazvedka xodimi ekanini qayd etgan.

“Bugungi ayblov xulosasi Tehron rejimini tanqid qilib kelgan amerikalik jurnalist ayolni jim bo‘lishga majbur qilish maqsadida Eron tomonidan uyushtirilgan fitnaning butun ko‘lamini ochib tashladi. U Federal razvedka byurosi (FRB) amerikaliklarni ta’qib qilayotganlarni javobgarlikka tortish uchun hamkorlarimiz bilan bu yerda va xorijda ishlashini ko‘rsatadi”, deya bildirgan AQSH Federal razvedka byurosi direktori Kristofer Rey.

Alinajot ayblov Eron hukumati o‘z tanqidchilarining ovozini o‘chirish uchun qanday ishlarga qo‘l urishga tayyorligini ko‘rsatishini bildirgan. U eronlik rasmiylarni va ularning ayollarga nisbatan munosabati ochiq tanqid qilib keladi.

Bu Alinajotni o‘ldirish maqsadida amalga oshmagan suiqasd bilan bog‘liq ilk ayblov emas. Avvalroq buyurtma qotillikka urish bo‘yicha ayblovlar Eron bilan aloqada bo‘lgan va odam o‘ldirish uchun yollangan sharqiy yevropaliklardan iborat jinoiy guruh a’zolariga bildirilgan edi.

2021-yilda Alinajotni o‘g‘irlashga urinish holati ham kuzatilgan. O‘sha paytda FRB Tehron rasmiylari uni Eronga olib chiqib ketishni istaganlari haqida bayonot tarqatgan.

Odam o‘g‘irlashga urinish ortidan Alinajot AQSH hukumati himoyasi ostiga olingan va tez-tez turgan joyini boshqa bir xavfsiz joyga almashtirib turadi. Ayni paytda, tahdidlarga qaramay, u o‘z ishini to‘xtatishdan bosh tortib kelmoqda.

Eron Tashqi ishlar vazirligi “Amerika ovozi”ning izoh berishga oid iltimosini javobsiz qoldirgan.

XS
SM
MD
LG