Линклар

 
AQSH Maxfiy xizmati xodimlari Oq uy oldida bir kishini yaraladi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:50

AQSH Maxfiy xizmati xodimlari Oq uy oldida bir kishini yaraladi


AQSH Maxfiy xizmati xodimlari Vashingtonda Oq uy binosi oldida qurolli kishini yaralashgan. Jarohatlangan shaxs kasalxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli qandayligi ochiqlanmayapti.

Hodisa 9-martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Maxfiy xizmat agentlari Indiana shtatidan Vashingtonga ketayotgani taxmin qilingan shubhali shaxs haqida ma’lumot olishgan.

Agentlar ta’rif-tavsiflarga muvofiq kelgan yo‘lovchini payqashgan, keyinroq uning avtomobilini ham topishgan. Maxfiy xizmat xodimlari gumonlanuvchining yoniga yaqinlashgan paytda u o‘qotar qurolini chiqargan va o‘rtada otishma boshlangan.

Otishma chog‘ida prezident Donald Tramp Oq uyda bo‘lmagan. U hordiq kunlarini Floridada o‘tkazayotgan bo‘lgan.

So‘nggi yillarda Oq uy olida xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan otib tashlangan qurolli shaxslar bilan bog‘liq bir necha noxush hodisa qayd etilgan. 2016-yili Oq uy qo‘riqchilari o‘tish maskanlaridan birida to‘pponchasini silkitib o‘ynatgan odamni o‘qqa tutishgandi.

2023-yilda 20 yoshli hinbistonlik immigrant Sai Varshit Kandula ijaraga olgan yuk mashinasi bilan Oq uyning himoya devorlarini yorib o‘tishga harakat qilgan. U prezidentni o‘ldirishni istaganini tan olgan.

O‘tgan yilning 13-iyulida Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida amalga oshirilgan suiqasd urinishi natijasida Tramp yengil jarohat olgan edi. U yerda tomoshabinlardan biri halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan. Hujumchi pensilvaniyalik 20 yoshli Tomas Metyu Kruks maxsus xizmatlarning javob o‘qi bilan o‘ldirilgan.

AQSH Adliya vazirligi Trampga suiqasd Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi hozirlaganini iddao qilmoqda.

XS
SM
MD
LG