Линклар

 
AQSHda 65 yoshli o‘zbekistonlik erkak jinsiy jinoyatda ayblanmoqda
Шошилинч хабар
29 апрел 2025, Тошкент вақти: 01:31

AQSHda 65 yoshli o‘zbekistonlik erkak jinsiy jinoyatda ayblanmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

AQSHning Merilend shtatida 4-fevral kuni muqaddam jinsiy jinoyat uchun sudlangan o‘zbekistonlik erkak hibsga olingan. Bu haqda AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) ma’lumot tarqatdi.

Ayni paytda 65 yoshli Islom G‘oziyev ishi huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik I. G‘oziyev 2015-yil oktyabrida AQSHga qonuniy yo‘llar bilan kirib borgan. Keyinroq u mamlakat migratsiya tartibini buzgan.

Bu G‘oziyev tomonidan AQSH hududida sodir etilgan ilk jinoyat emas. 2024-yil avgustida u to‘rtinchi darajali jinoyatda (jinsiy jinoyat) gumonlanib qo‘lga olingan edi. O‘sha yil dekabrida u aybdor deb topilib, shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Fevral oyi boshida u yana shu kabi jinoyatda ayblanib, qo‘lga olingan.

ICEning Baltimordagi dala ofisi direktori v.b. Metyu Elliston “bu kabi hibsga olishlarning har biri ko‘chalarimizda bitta yirtqich va bir muhtamal qurbon kamayganini anglatadi”, deb aytgan.

XS
SM
MD
LG