Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:09

AQSHda po‘rtanalar oqibatida 20 dan ziyod odam halok bo‘ldi


AQSHning Arkanzas, Oklaxoma, Texas va Kentukki shtatlarida kuzatilgan kuchli po‘rtanalar kamida 21 kishining umriga zomin bo‘ldi, yana yuzlab kishi tan jarohati oldi. Qurbonlar orasida bolalar ham bor.

Kentukki shtati gubernatori Endi Beshir 27-may kuni favqulodda vaziyat tartibini e’lon qildi. Kuchli shamol vayron qiluvchi tornadolar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Tabiiy ofat natijasida ko‘plab turarjoylar va ijtimoiy binolarga shikast yetgan. CBS xabariga ko‘ra, 370 chog‘li uy elektrsiz qolgan. Shu tufayli Arkanzas kasalxonasida kamida bir bemor vafot etgan: u ulangan nafas olish apparati ishlamay qolgan. Ayrim hududlarda elektr ta’minotini tiklashga bir necha kun ketishi mumkin, ayniqsa agar ob-havo sharoiti o‘nglanmasa.

Meteorologlar taxminiga ko‘ra, bo‘ron kamida yaqin sutkalar ichida davom etadi, ayni paytda uning markazi AQSHning aholi zich joylashgan sharqiy sohiliga ko‘chishi mumkin.

Kuchli shamol va tornado joriy yilning aprel va may oylarida AQSHning ko‘plab shtatlariga shikast yetkazgan. O‘tgan haftada Ayova shtatida ular tufayli kamida besh kishi halok bo‘lgan, Xyustonda esa avvalroq sakkiz kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.

AQSHning markaziy shtatlari iqlim va relyef xususiyatlari tufayli “tornado kamari” deb hisoblanadi. Biroq so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi sababli butun dunyoda kuchli dovullar tez-tez sodir bo‘lib, yanada halokatliroq bo‘lib bormoqda.

XS
SM
MD
LG