AQSHda “Starlayner” ko‘p marotabali kosmik kemasining ilk parvozi amalga oshdi. “Atlas-5” deb nomlangan raketa tashuvchi fazoga 5-iyun kuni Kanaveral burnidagi kosmodromdan ko‘tarilgan. Parvoz translyatsiyasi NASA yutub-kanali orqali namoyish etib borilgan.
Yangi kosmik kema Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlar Batch Uilmor va Suni Uilyamsni yetkazishi lozim. Bundan tashqari, u orbitaga stansiyadagi siydikni suvga aylantirib beradigan va ayni paytda ishdan chiqqan moslama uchun nasos yetkazib beradi.
“Starlayner” sinovini o‘tkazayotgan kema ekipaji parvozdan bir sutka o‘tgach, Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yetib borganidan keyin u yerda bir haftacha qoladi. Astronavtlar qaytadigan kapsula sinov parvozi chog‘ida avval ham bir koinotda bo‘lgan va unga “Kalipso” deya nom berilgan.
“Starlayner” kosmik kemasi NASA dasturi doirasida Boeing korporatsiyasi tomonidan yaratilgan. Amerikalik astronavtlarni XKSga yetkazishga mo‘ljallangan bu kema kelajakda SpaceX korporatsiyasining “Kryu Dregon” hamda Rossiyaning “Soyuz” kemalari bilan raqobat qiladi.
Dasturni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelingan, dastavval ilk pilotli parvor 2020-yilda bo‘lib o‘tishi taxmin qilingan edi.
Kemaning 2019-yil dekabridagi ekipajsiz ilk sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlangan: kema dastur ta’minotidagi muammolar tufayli ko‘zlangan orbitaga yetib bormagan. Bu safargi parvoz uchinchi urinishda amalga oshgan.