Линклар

 
AQSHga import qilinajak po‘lat va alyuminiy uchun 25% boj kiritildi
Шошилинч хабар
29 апрел 2025, Тошкент вақти: 01:31

AQSHga import qilinajak po‘lat va alyuminiy uchun 25% boj kiritildi


Metallurgiya korxonasi (illyustrativ surat)
Metallurgiya korxonasi (illyustrativ surat)

AQSH prezidentp Donald Tramp mamlakatga import qilinayotgan butun po‘lat va alyuminiy uchun 25 foizlik boj joriy etish ko‘zda tutilgan farmonni imzoladi.

“Hujjatda istisnolar ko‘zda tutilmagan”, deya ta’kidlagan Tramp. Farmonga muvofiq, endilikda Kanada, Braziliya, Meksika, Janubiy Koreya, Vetnam va boshqa ishlab chiqaruvchilar AQSHga yetkazib berayotgan po‘lat va alyuminiyning barchasi uchun boj to‘lanadi.

Trampga ko‘ra, ko‘rilgan choralar metallar uchun boj tizimini soddalashtiradi. Bu haqda kuni kecha bildirgan Qo‘shma Shtatlar prezidenti AQSH mahsulotlariga nisbatan tarif belgilagan davlatlarga qarshi yaqin kelajakda javob bojlari kiritilishini va’da qildi.

Trampning savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro bojlar amerikalik po‘lat va alyuminiy ishlab chiqaruvchilarga ko‘mak berishi hamda AQSHning iqtisodiy va milliy xavfsizligini mustahkamlashga qaratilganini urg‘ulagan.

Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatida po‘latga 25 foiz, alyuminiyga esa 10 foiz miqdorida boj kiritgan, biroq keyinchalik AQSHning ayrim savdo hamkorlari – Kanada, Meksika va Braziliyaga bojsiz savdo uchun kvotalar taqdim etgan edi.

XS
SM
MD
LG