Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:23

AQShning O‘zbekistondagi elchisi soqolga qarshi reydlarni qoraladi


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum.
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum ichki ishlar xodimlari musulmon yigitlarni soqolini olishga majburlayotgani haqidagi xabarlarni qoraladi.

"Politsiya odamlarni kuch bilan soqolini oldiryapti. Amerika bunday harakatlardan tashvishda", deb aytgan elchi 16-may kuni Toshkentda o‘tgan anjumanda.

Eurasianet nashri Deniel Rozenblyumning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. AQSh elchisiga ko‘ra, mamlakatda diniy erkinliklar buzilayotgani so‘nggi besh yil davomida amalga oshirilgan islohotlarni chippakka chiqarishi mumkin.

Nashrning yozishicha, AQSh Davlat departamenti 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston hukumati «diniy erkinliklarni qo‘pol ravishda buzmayotgani yoki bunga toqat qilmayotgani» haqida xulosa qilib, mamlakatni maxsus kuzatuv ro‘yxatidan chiqarishga qaror qilgan edi.

Rasmiylar majburiy soqol olish kampaniyasini boshlagani haqidagi da’volar 6-may kuni mashhur Instagram foydalanuvchisi Abdurahmon Abdurahmonov soqoli olingan suratini internetga yuklaganidan so‘ng yuzaga keldi.

O‘tmishda O‘zbekiston hukumati aholi orasida taqvodorlik ochiqchasiga namoyon qilinishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bunday kampaniyalarni o‘tkazgan.

«Sizlardan iltimos, nima boʻldi nima uchun soqolni oldiz, tinchlikmi, muammo bormi degan savollarni bermanglar. Javob berishga qiynalishim mumkin. Lekin koʻrgan, bilgan odamlarning oʻzlari tushunib olishdi degan umiddaman», deb yozdi o‘z Instagram sahifasida 1,3 million obunachiga ega bloger.

O‘sha kuni Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Muhammadyusuf Qobilov birida soqoli o‘sgan, ikkinchisida esa olib tashlangan suratlarini ulashdi.

«Kirganimdagi va chiqqanimdagi rasm. Ikkovi ham bugungi surat 5 soatlik farq bor.. 06.05.2022», deb yozdi u suratlarni izohlar ekan.

26 yoshli Qobilov Eurasianet nashriga bergan intervyusida besh oy oldin ish izlab Namangan shahridan Toshkentga ko‘chib borganini aytdi. Qobilov so‘zlariga ko‘ra, uni ko‘chada to‘xtatib, guvohnomasini tekshirishgan va so‘ngra militsiya uchastkasiga olib borishgan.

«Politsiya bo‘limida qo‘lida soqol olish mashinasini tutgan bir yigit bor edi. Meni hojatxonaga olib borishdi va u yerda soqolimni olishdi. Politsiyachilar kuch ishlatmadilar», - deydi Qobilov.

«Ular fuqarolik kiyimida, terrorizmga qarshi kurash boshqarmasidan edi. U yerda 10 ga yaqin soqolli yigit bor edi va hammamizning soqolimizni bir mashinada olishdi. Bu sanitariyaga mutlaqo zid edi».

Qobilovning so‘zlariga ko‘ra, unga yoki soqolini olish yoki 15 kunlik qamoq jazosini o‘tashi kerakligini aytishgan. Unga qaysi qonun bo‘yicha ayblov qo‘yilgani noma’lum.

Ichki ishlar vazirligi majburiy soqol olish kampaniyasi boshlangani haqidagi xabarlar keltirib chiqargan shikoyatlarga munosabat bildirdi. Vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov militsiya ko‘rayotgan choralarni uchastkaga olib ketilayotgan odamlarning diniy e’tiqodi bilan bog‘lamaslik kerakligini ta’kidladi. Kotib kimda-kim o‘z konstitutsiyaviy huquqlari buzilganligini his qilsa, shikoyat qilishi mumkinligini aytdi.

Majburan soqol oldirish siyosati qayta yuzaga kelgani O‘zbekiston hukumati o‘ta taqvodorlikning ochiq namoyon bo‘lishidan hanuz xavotirda ekanini ko‘rsatadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelishi ortidan O‘zbekistonda nazorat yumshatildi va yigitlar orasida soqol qo‘yish, ayollar orasida esa hijob o‘rash ommalashdi.

Qobilov Eurasianet nashri bilan suhbatda fikri o‘zgarmaganini hamda soqolini qayta o‘stirishini aytdi.

«Tez orada u yana o‘sadi va men yana soqol qo‘yaman. Bu mening tanlovim va e’tiqodim», - deydi u.

XS
SM
MD
LG