Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

AAB rossiyaliklar uchun valyuta operatsiyalari to‘xtatilganini rad etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistondagi Asia Alliance Bank Rossiya rezidentlari bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari to‘xtatilgani haqida 13-iyun kuni yoyinlangan bayonoti yuzasidan raddiya berdi. Avvalroq mazkur bankning telegram-kanalida “AQSH sanksiyalari paketi yangilangani munosabati bilan Rossiya rezidentlari bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarining barchasi to‘xtatildi” qabilidagi bayonot paydo bo‘lgan edi. Mazkur post ko‘p o‘tmay telegram-kanaldan o‘chirib tashlangan, bank mutasaddilari esa bu xabar kanalda "texnik nosozliklarga ko‘ra" yoyinlaganini qayd etishgan. "Bank mijozlarning Rossiya Federatsiyasi rezidentlari bilan bog‘liq operatsiyalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatishni davom ettirmoqda", deyilgan bankning galdagi xabarnomasida mijozlardan "keltirilgan noqulayliklar uchun uzr" so‘ralgan. Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni AQSH Ukrainada bosqinchilik urushi olib borayotgan Rossiyaga qarshi sanksiya tartibini kuchaytirgan, yangi cheklovlar ortidan Rossiya birjasida dollar va yevroga savdo to‘xtab qolgan edi. AQSH Moliya vazirligining sanksiya ro‘yxatiga Rossiya va boshqa mamlakatlarda faoliyat yurituvchi jami 300 dan ziyod yuridik va jismoniy shaxs kiritilgan. Mazkur ro‘yxatda O‘zbekiston kompaniyalari yo‘q, lekin o‘zbek shirkatlari sanksiya ostidagi Rossiya tashkilotlari va fuqarolari bilan cheklovsiz aloqalarni davom ettiravergan taqdirda, ikkilamchi sanksiyalarga nishon bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

XS
SM
MD
LG