Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 05:03

"Asirga olingandayman". Qozog‘istonda yarim yildan buyon pasportsiz yashayotgan o‘zbekistonlik hikoyasi


Ildar Bikchurkin
Ildar Bikchurkin

O‘zbekiston fuqarosi Ildar Bikchurkin Qozog‘istonda bir yildan ziyod vaqtdan beri pasportsiz yashaydi va shu sababga ko‘ra vataniga qayta olmayapti. Uning hujjatlarini 2023 yilning kuzida Qozog‘istondan chegara maskanlarini aylanib o‘tgan holda Rossiyaning Omsk viloyatiga ketayotganida qozoq chegarachilari tortib olishgan.

Rossiyada noqonuniy migrantni rus kuchishlatar xodimlari qo‘lga olib, O‘zbekistonga deportatsiya qilishadi. Lekin Ildar to‘g‘ri vataniga qaytish o‘rniga, Qozog‘iston hududiga kirgach qozoq chegarachilari yoniga borib: “Pasportimda “jo‘nab ketdi” degan muhr yo‘q-ku, qanday qilaman?” deb so‘raydi. Shundan so‘ng o‘zbekistonlikni o‘tkazish maskanining o‘zida ushlashadi.

Pasportini tortib olishadi (chegarachilar aytishicha, sud bo‘lmasdan) va chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblashadi. Biroq uning ishi bo‘yicha sud haligacha bo‘lgan emas.

“O‘shandan beri sarson-sargardon yuribman. Hech qayerga rasman ishga joylasha olmayman, chunki hujjatlarim yo‘q, biron joyga ro‘yxatga ham qo‘yishmaydi. Arosatdaman. Xuddi asirlikda yurgandayman”, deydi Bikchurkin.

Ildar uning ishi bo‘yicha tergov so‘nggi yarim yilda bir qarich ham oldinga siljimaganini aytadi. Shuncha vaqtdan beri u Qozog‘istonda yarim och, yupun, hujjatlarsiz yashamoqda: yotoqxonadagi kichkina xonaning ijara haqini bir tanishi yordami bilan to‘lab turibdi.

“Singlim qarashib turadi, do‘stim ham. Lekin hadeb ulardan pul so‘rashga betim chidamaydi, gohida shundan ko‘ra och qolishni ma’qul ko‘raman”, hikoyasida davom etadi suhbatdoshimiz.

Қозоғистон қорақалпоқ фаолини Ўзбекистонга бериши мумкин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:13 0:00

O‘zbekiston vatandoshiga ko‘ra, chegara xizmati xodimlarining o‘zlari unga Pavlodarda ish taklif qilishgan: kuniga 6 dollardan haq to‘lashga va’da berishgan ekan. Lekin Bikchurkin rad qilibdi.

“Bu yerda rasman ishlay olmasligimni hamma biladi, shunga qaramay xodimlar ish taklif qilishyapti. Bu qanaqasi? Men nimanidir tushunmayapmanmi? Bundan chiqdi, ular o‘zlari qonunni buzishni taklif qilishyaptimi? Ishlash uchun ruxsatnoma olishim kerak-ku? Hech qanaqa hujjatim yo‘q-ku”, hayron bo‘ladi Eldor.

Ildarning so‘zlariga ko‘ra unga noqonuniy ish taklif qilgan tergovchi Adilet Salimov bu mavzuda suhbat bo‘lganini inkor etdi. Salimov "Nastoyashcheye vremya" muxbiri bilan muloqot chog‘ida tergov cho‘zilib ketganini Qozog‘iston chegara xizmati o‘z so‘roviga Rossiya tomonidan javob kelishini kutayotgani bilan izohladi. Mulozim bunga necha oy yoki necha yil ketishini bilmasligini aytarkan, o‘shangacha Bikchurkinga pasporti qaytarilmaydi, deya qo‘shimcha qildi.

“Hujjat ashyoviy dalil deb topilib, jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilgan”, dedi u.

Salimov “olib borilayotgan tergov sirini oshkor qilmaslik uchun” “O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda hujjatsiz nima qiladi?” degan savolga javob berishni istamadi. “Sizga javob berishga majbur emasman”, dedi tergovchi.

“Nastoyashcheye vremya” telekanali chegara xizmatining Pavlodar viloyai departamentiga ham rasmiy so‘rov yo‘llab, shu va boshqa savollarga javob berishni iltimos qildi. Maqola e’lon qilingan paytda Qozog‘iston davlat idorasidan javob kelmagandi.

Сариоғочда юзлаб ўзбек мигрантлари уйига қайта олмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:42 0:00

Ildar uchun bu Ostonadagi birinchi qish. Suhbatdoshimiz bu yerning sovug‘iga sira ko‘nika olmayotganini aytadi.

“Meni shunaqa ahvolga solishyaptiki, o‘zimni bir nima qilib qo‘ysammikan, degan fikrlar miyamga keladigan bo‘ldi. Jondan to‘yishgacha olib borishdi”, deydi Ildar Bikchurkin.

XS
SM
MD
LG