Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

AstraZeneca O‘zbekistondagi dori-darmon kontrabandasi ko‘lamidan xavotirda


AstraZeneca farmatsevtika shirkatining Britaniyadagi dori-darmon fabrikasi (arxiv surati)
AstraZeneca farmatsevtika shirkatining Britaniyadagi dori-darmon fabrikasi (arxiv surati)

Britaniya-Shvetsiya farmatsevtika shirkati bo‘lgan AstraZeneca o‘zi ishlab chiqargan dori-darmonlarning taqriban 30 foizi O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan yetkazilayotganidan xavotir izhor qildi. Bu haqda Spot nashri shirkat matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Surunkali kasalliklar va yangi paydo bo‘lgan shishlar muolajasi uchun biofarmatsevtik va onkologik preparatlar yetkazib beruvchi AstraZeneca vakillari O‘zbekistondagi noqonuniy dori-darmon savdosi hajmiga aniq baho berish imkonsizligi, biroq kontrabanda tufayli yetkazilayotgan zarar nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki bemorlar uchun ham sezilarli ekanini qayd etishgan.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston bozorida aylanayotgan AstraZeneca mahsulotlari bo‘yicha kontrabandaning umumiy ulushi 30 foizgacha yetadi. Bu tashvishli statistikadir. Hozircha kontrabanda bilan bog‘liq vaziyat tartibga solinmay qolmoqda”, deya iqtibos keltirgan nashr farmatsevtika shirkati vakillari so‘zlaridan.

Qayd etilishicha, kontrabanda xalqaro shirkatlar uchun jiddiy xavf-xatar bo‘lib, u bozorga yangi preparatlar chiqishi istiqbolinigina emas, mavjud dori-darmon aylanmasi saqlab qolinishini ham xavf ostiga qo‘yadi.

AstraZeneca o‘zbek rasmiylariga respublikadagi farmatsevtlar malakasini oshirish, litsenziyasi olib qo‘yilgan dorixonalar reyestrini muntazam ravishda yangilab borish hamda ro‘yxatga olinmagan dori-darmonlar kontrabandasi bo‘yicha moddani Jinoyat kodeksiga kiritishni taklif qilgan.

XS
SM
MD
LG