Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi


"Baxti Tashkentskiy" laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev (Toshkent shaxar IIBB fotosi)
"Baxti Tashkentskiy" laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev (Toshkent shaxar IIBB fotosi)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi 19-iyul kuni jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning yaqinlari doxil 37 nafar sudlanuvchiga nisbatan o‘z hukmini ochiqladi.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan Baxtiyor Qudratullayev, sud hukmiga ko‘ra, 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Avvalroq prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy”ga 20 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragandi.

53 yoshni qoralagan Baxtiyor Qudratullayev o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olingan edi. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 15 sutkaga qamalgan.

Dekabr oyi boshida Toshkent shahar IIBB Baxtiyor Qudratullayev 165-modda 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 276-modda 2-qismida (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) ham gumonlanayotganini bildirgandi.

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishining jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni joriy yilning 3-iyunida Yunusobod tuman sudi binosida boshlangan edi.

XS
SM
MD
LG