Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 03:47

Bayden ma’muriyati Ukrainaga yana 725 mln dollarlik aslaha beradi


AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan (arxiv surati)
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan (arxiv surati)

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina uchun qiymati 725 million dollarga teng tankka qarshi qurol-aslaha hozirlamoqda. Bu haqda Reuters agentligi amerikalik ikki mulozimdan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Yangi paket minalar, dronlar, Stringer raketalari va HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan. Rossiya hujumlarini daf qilish uchun Ukrainaga qurol-aslaha yordami AQSH zaxiralaridan ajratiladi.

Bayden ma’muriyati vakillari AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning 2025-yil yanvarida bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyasigacha Ukraina pozitsiyalarini mustahkamlash uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlarini bir necha bor ta’kidlaganlar.

Kuni kecha AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina 2025-yilda jangovar harakatlarni davom ettira olishi yoki muzokaralarni kuchli mavqedan turib olib bora olishi uchun Kiyevni zarur bo‘lgan barcha narsa bilan ta’minlashini bildirgan edi. Tramp Ukrainadagi urushni “24 soat ichida” tugatishni va’da qilgan.

XS
SM
MD
LG